https://oz.sputniknews.uz/20251009/cis-tibbiyot-hamkorlik-kelishuv-52579544.html
MDH yig‘ilishida tibbiy hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishildi
MDH yig‘ilishida tibbiy hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishildi
Sputnik O‘zbekiston
Sog‘liqni saqlash vaziri Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan MDH sog‘liqni saqlash Kengashining 38-yig‘ilishida ishtirok etdi. Suhbatlarda birlamchi tibbiy yordam va loyihalar muhokama qilindi.
2025-10-09T18:24+0500
2025-10-09T18:24+0500
2025-10-09T18:24+0500
o‘zbekiston
sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv)
tojikiston
hamkorlik
jamiyat
mdh
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0a/09/52578886_0:122:1280:842_1920x0_80_0_0_5dd991b17b615e54a45ebda573b7c89e.jpg
TOShKENT, 9 okt – Sputnik. O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Asilbek Xudayarov boshchiligidagi delegatsiya Tojikistonning Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga (MDH) a’zo davlatlar sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorlik Kengashining 38-yig‘ilishida ishtirok etdi.Xudayarov yig‘ilishda O‘zbekistonda birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar va ustuvor vazifalar haqida ma’lumot berdi.Tadbir doirasida JSST Yevropa mintaqaviy burosi direktori Xans Klyuge bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Suhbatda O‘zbekistonda birlamchi tibbiy yordam tizimini rivojlantirish hamda onalik va bolalikni muhofaza qilishga qaratilgan yangi loyihalar muhokama qilindi.Asilbek Xudayarov Tojikiston sog‘liqni saqlash vaziri Jamoliddin Abdullozoda bilan ham uchrashdi. Tomonlar sanitariya-epidemiologik nazorat, yurak-qon tomir kasalliklari, qandli diabet profilaktikasi va mutaxassislar malakasini oshirish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.Rossiya Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Oleg Salagay bilan uchrashuvda ilmiy va tibbiyot markazlari o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirishga e’tibor qaratildi.Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vaziri Akmaral Alnazarova bilan suhbatda 13–17 oktabr kunlari O‘zbekistonning to‘rt hududida Qozog‘iston tibbiyot kunlari va “O‘zbekiston–Qozog‘iston” tibbiyot forumini o‘tkazish masalasi muhokama qilindi. Tomonlar kadrlar tayyorlash va tajriba almashishni kengaytirishga kelishib oldi.O‘zbekiston delegatsiyasi Dushanbe shahridagi bir qator klinikalar va tibbiyot oliy ta’lim muassasalari faoliyati bilan ham tanishdi.Forum yakunida MDH Ijroiya qo‘mitasi sog‘liqni saqlash sohasidagi Kengashning navbatdagi yig‘ilishini O‘zbekistonda o‘tkazishni taklif etdi.
https://oz.sputniknews.uz/20250409/tdt-sogliqni-saqlash-vazirlari-qoshma-deklaratsiya-48789968.html
o‘zbekiston
tojikiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0a/09/52578886_55:0:1192:853_1920x0_80_0_0_8f4f03dd930fbaf9fc5b16d97a234fec.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
asilbek xudayarov, mdh, sog‘liqni saqlash, dushanbe, jsst, orol, tibbiy hamkorlik, birlamchi tibbiy yordam, onalik va bolalik, qozog‘iston, rossiya, tojikiston, kozogiston, rosiya, uzbekiston, o‘zbekiston, sog‘liqni saqlash vazirligi, soglikni saklash vazirligi
asilbek xudayarov, mdh, sog‘liqni saqlash, dushanbe, jsst, orol, tibbiy hamkorlik, birlamchi tibbiy yordam, onalik va bolalik, qozog‘iston, rossiya, tojikiston, kozogiston, rosiya, uzbekiston, o‘zbekiston, sog‘liqni saqlash vazirligi, soglikni saklash vazirligi
MDH yig‘ilishida tibbiy hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishildi
SSV delegatsiyasi MDH sog‘liqni saqlash Kengashi yig‘ilishida qatnashdi. Tibbiy hamkorlik va loyihalar muhokama qilindi, JSST, Rossiya, Qozog‘iston va Tojikiston vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.
TOShKENT, 9 okt – Sputnik. O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Asilbek Xudayarov boshchiligidagi delegatsiya Tojikistonning Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga (MDH) a’zo davlatlar sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorlik Kengashining 38-yig‘ilishida
ishtirok etdi.
Xudayarov yig‘ilishda O‘zbekistonda birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar va ustuvor vazifalar haqida ma’lumot berdi.
Tadbir doirasida JSST Yevropa mintaqaviy burosi direktori Xans Klyuge bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Suhbatda O‘zbekistonda birlamchi tibbiy yordam tizimini rivojlantirish hamda onalik va bolalikni muhofaza qilishga qaratilgan yangi loyihalar muhokama qilindi.
Shuningdek, O‘zbekiston, Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vazirliklari va JSST o‘rtasida “Orol mintaqasida sog‘liqni saqlash sohasi” bo‘yicha uch tomonlama kelishuv imzolash yuzasidan kelishuvga erishildi.
Asilbek Xudayarov Tojikiston sog‘liqni saqlash vaziri Jamoliddin Abdullozoda bilan ham uchrashdi. Tomonlar sanitariya-epidemiologik nazorat, yurak-qon tomir kasalliklari, qandli diabet profilaktikasi va mutaxassislar malakasini oshirish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.
Rossiya Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Oleg Salagay bilan uchrashuvda ilmiy va tibbiyot markazlari o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirishga e’tibor qaratildi.
Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vaziri Akmaral Alnazarova bilan suhbatda 13–17 oktabr kunlari O‘zbekistonning to‘rt hududida Qozog‘iston tibbiyot kunlari va “O‘zbekiston–Qozog‘iston” tibbiyot forumini o‘tkazish masalasi muhokama qilindi. Tomonlar kadrlar tayyorlash va tajriba almashishni kengaytirishga kelishib oldi.
O‘zbekiston delegatsiyasi Dushanbe shahridagi bir qator klinikalar va tibbiyot oliy ta’lim muassasalari faoliyati bilan ham tanishdi.
Forum yakunida MDH Ijroiya qo‘mitasi sog‘liqni saqlash sohasidagi Kengashning navbatdagi yig‘ilishini O‘zbekistonda o‘tkazishni taklif etdi.