https://oz.sputniknews.uz/20251013/japan-korgazma-uzbekistan-oltin-52663881.html
Yaponiyadagi ko‘rgazmada O‘zbekiston paviloni oltin medal oldi
Yaponiyadagi ko‘rgazmada O‘zbekiston paviloni oltin medal oldi
Sputnik O‘zbekiston
Yaponiyaning Osaka shahrida o‘tkazilayotgan EXPO 2025 ko‘rgazmasi doirasida O‘zbekiston paviloni “Mavzuni eng yaxshi ochib berganlik uchun” nominatsiyasida oltin medalga sazovor bo‘ldi.
2025-10-13T13:04+0500
2025-10-13T13:04+0500
2025-10-16T19:01+0500
yaponiya
oltin medal
ko‘rgazma
saida mirziyoyeva
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0a/0d/52663462_0:263:2560:1703_1920x0_80_0_0_dc41f2d6f2b30a97f7beabb1295ac105.jpg
TOShKENT, 13 okt – Sputnik. Yaponiyada o‘tkazilayotgan "EXPO 2025 Osaka, Kansai, Japan" butunjahon ko‘rgazmasi doirasida O‘zbekiston paviloni o‘z yo‘nalishi bo‘yicha eng yuqori mukofot — "Mavzuni eng yaxshi ochib berganlik uchun" nominatsiyasida oltin medalga sazovor bo‘ldi. Bu haqda Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ma’lum qildi.Shuningdek, Mirziyoyeva taqdim etilgan konsepsiya an’ana va innovatsiyalar uyg‘unligini ifoda etganini, hamda bu g‘oya jahon hamjamiyatida keng ko‘lamli aks-sado berganini ta’kidladi.EXPO 2025 ko‘rgazmasi 13-apreldan 13-oktabrgacha Osaka shahridagi Yumeshima orolida bo‘lib o‘tmoqda. Tadbirning bosh mavzusi — “Kelajak jamiyatini yaratish” (Designing Future Society for Our Lives) bo‘lib, u sog‘lom hayot, inson salohiyatini rivojlantirish va innovatsiya orqali dunyoni birlashtirish g‘oyalarini qamrab oladi.Ko‘rgazmada 160 tadan ziyod mamlakat ishtirok etmoqda. Tashkilotchilarning baholashicha, EXPO 2025 Yaponiya va Osaka mintaqasi uchun taxminan 13 milliard dollar miqdorida iqtisodiy samara keltiradi.
https://oz.sputniknews.uz/20250819/ozbekiston-yaponiya-hamkorlik-51340231.html
yaponiya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0a/0d/52663462_0:0:2272:1703_1920x0_80_0_0_0422c2a9d9b6fd4a150a748ed3bbf919.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston paviloni, expo 2025, osaka, yaponiya, oltin medal, saida mirziyoyeva, bilimlar bog‘i, kelajak jamiyati, an’ana va innovatsiya, butunjahon ko‘rgazmasi, uzbekistan pavilion, osaka expo, uzbekiston paviloni
o‘zbekiston paviloni, expo 2025, osaka, yaponiya, oltin medal, saida mirziyoyeva, bilimlar bog‘i, kelajak jamiyati, an’ana va innovatsiya, butunjahon ko‘rgazmasi, uzbekistan pavilion, osaka expo, uzbekiston paviloni
Yaponiyadagi ko‘rgazmada O‘zbekiston paviloni oltin medal oldi
13:04 13.10.2025 (yangilandi: 19:01 16.10.2025) EXPO 2025 Osaka ko‘rgazmasida O‘zbekiston paviloni an’ana va innovatsiyalar uyg‘unligini namoyon etgan konsepsiyasi bilan oltin medalga loyiq deb topildi
TOShKENT, 13 okt – Sputnik. Yaponiyada o‘tkazilayotgan "EXPO 2025 Osaka, Kansai, Japan" butunjahon ko‘rgazmasi doirasida O‘zbekiston paviloni o‘z yo‘nalishi bo‘yicha eng yuqori mukofot — "Mavzuni eng yaxshi ochib berganlik uchun" nominatsiyasida oltin medalga sazovor bo‘ldi. Bu haqda Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva
ma’lum qildi.
“Biz taqdim etgan "Bilimlar bog‘i: kelajakdagi jamiyat uchun laboratoriya" konsepsiyasi an’ana va innovatsiya uyg‘unligini ifoda etdi. G‘oyamiz jahon hamjamiyatida keng ko‘lamli aks-sado berdi. Barchani ruhlantirgan professionallik va ishonch uchun butun jamoaga hamda xalqaro hamkorlarimizga minnatdorlik bildiraman”, — deb yozdi Mirziyoyeva o‘z Telegram-kanalida.
Shuningdek, Mirziyoyeva taqdim etilgan konsepsiya an’ana va innovatsiyalar uyg‘unligini ifoda etganini, hamda bu g‘oya jahon hamjamiyatida keng ko‘lamli aks-sado berganini ta’kidladi.
EXPO 2025 ko‘rgazmasi 13-apreldan 13-oktabrgacha Osaka shahridagi Yumeshima orolida bo‘lib o‘tmoqda. Tadbirning bosh mavzusi — “Kelajak jamiyatini yaratish” (Designing Future Society for Our Lives) bo‘lib, u sog‘lom hayot, inson salohiyatini rivojlantirish va innovatsiya orqali dunyoni birlashtirish g‘oyalarini qamrab oladi.
Ko‘rgazmada 160 tadan ziyod mamlakat ishtirok etmoqda. Tashkilotchilarning baholashicha, EXPO 2025 Yaponiya va Osaka mintaqasi uchun taxminan 13 milliard dollar miqdorida iqtisodiy samara keltiradi.