O‘zbekiston delegatsiyasi Yaponiyada Umumjahon ko‘rgazmasida ishtirok etdi

© ISSVO‘zbekiston va Yaponiya hamkorligi uchun yangi imkoniyatlar
O‘zbekiston va Yaponiya hamkorligi uchun yangi imkoniyatlar
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.08.2025
Obuna bo‘lish
Tashrif doirasida investitsiyalar sohasida hamkorlikni kengaytirish uchun yangi imkoniyatlar paydo bo‘ldi - ISSV.
TOShKENT, 19 avg — Sputnik. Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Laziz Kudratov boshchiligidagi delegatsiya 15–18 avgust kunlari Yaponiyada jahon ko‘rgazmasida qatnashdi va qator uchrashuvlar o‘tkazdi.
Delegatsiya 17-avgust kuni Osakada bo‘lib o‘tayotgan jahon ko‘rgazmasi - EKSPO-2025 doirasida O‘zbekiston Milliy kuni tadbirlarida ishtirok etdi.
© ISSVO‘zbekiston va Yaponiya hamkorligi uchun yangi imkoniyatlar
O‘zbekiston va Yaponiya hamkorligi uchun yangi imkoniyatlar
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.08.2025
O‘zbekiston va Yaponiya hamkorligi uchun yangi imkoniyatlar
Yaponiya iqtisodiyot sanoat va savdo vaziri Masaki Ogushi bilan uchrashuvda ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va past uglerodli tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash loyihalarini qo‘shma kreditlash mexanizmi (JCM) doirasida hamkorlik qilish masalalari ko‘rib chiqildi.
© ISSVO‘zbekiston va Yaponiya hamkorligi uchun yangi imkoniyatlar
O‘zbekiston va Yaponiya hamkorligi uchun yangi imkoniyatlar
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.08.2025
O‘zbekiston va Yaponiya hamkorligi uchun yangi imkoniyatlar
Shuningdek, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari assortimentini kengaytirish, o‘zbek gilosiga fitosanitariya ruxsatnomasi olish jarayonini jadallashtirish, energetika, strategik metalllarni qazib olish, qayta ishlash va yetkazib berish sohalarida hamkorlik muhokama qilindi.
© ISSVO‘zbekiston va Yaponiya hamkorligi uchun yangi imkoniyatlar
O‘zbekiston va Yaponiya hamkorligi uchun yangi imkoniyatlar
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.08.2025
O‘zbekiston va Yaponiya hamkorligi uchun yangi imkoniyatlar
Yaponiya xalqaro hamkorlik banki (JBIC) rahbariyati bilan amaldagi loyihalarni tezlashtirish, yangi tashabbuslarni moliyalashtirishni yo‘lga qo‘yish va xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlashni kengaytirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Sojitz Corporation bilan muzokaralar yakunida energetika, sog‘liqni saqlash, infratuzilma va boshqa yo‘nalishlarni qamrab oluvchi yangi Yo‘l xaritasi imzolandi.
© ISSVO‘zbekiston va Yaponiya hamkorligi uchun yangi imkoniyatlar
O‘zbekiston va Yaponiya hamkorligi uchun yangi imkoniyatlar
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.08.2025
O‘zbekiston va Yaponiya hamkorligi uchun yangi imkoniyatlar
*EKSPO-2025 Umumjahon ko‘rgazmasi 2025-yilda jahon miqyosida o‘tkazilayotgan eng yirik tadbirlardan biri bo‘lib, unda 160 davlat o‘zining eng katta yutuqlarini namoyish etmoqda. Masalan – AQSh kosmik kemalar uchirishni, Yaponiya sun’iy yetishtirilgan yurak, Xitoy – Oydan olib kelingan tuproq, Hindiston – yangi avlod quyosh panellari va ho kazo.
Yangiliklar lentasi
0