“Toshkent – Andijon” yo‘lini qurishga 30 tadan ortiq xorijiy kompaniya qiziqish bildirdi

© Sputnik / Baxrom XatamovVesna v Tashkentskoy oblasti
Vesna v Tashkentskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.03.2025
Obuna bo‘lish
Yangi yo‘llarda haydovchi va yo‘lovchilar uchun turli pulli xizmatlar yo‘lga qo‘yiladi.
TOShKENT, 27 mar — Sputnik. “Toshkent – Andijon” yo‘lini qurishga 30 tadan ortiq nufuzli xorijiy kompaniyalar qiziqish bildirdi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qilindi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Davlat rahbariga avtomobil yo‘llari qurish loyihalarining borishi to‘g‘risida axborot berildi. Aytilishicha, mamlakatda jami 184 ming kilometrdan ziyod avtomobil yo‘li bor. Tahlillarga ko‘ra, xalqaro ahamiyatga ega yo‘llarning 25 foizi katta yuklamada ishlamoqda.
“Masalan, kuniga 32 ming avtomobilga mo‘ljallangan “Toshkent – Samarqand” yo‘lida 45 mingta transport qatnayapti. Tirbandlik sababli ba’zan bunga 6 soatgacha vaqt ketayapti. 2030-yilga borib harakat jadalligi 80 mingdan oshishi mumkin”, — deyilgan xabarda.
Toshkentdan Samarqandga va Andijonga eltuvchi muqobil yo‘llar qurish ustida quyidagi ishlar olib borilmoqda:
Jahon banki ishtirokida “Toshkent – Andijon” yo‘li loyihalashtirildi.
Yanvarda uni qurish bo‘yicha xalqaro tender e’lon qilindi.
Qisqa vaqtda unga 30 dan ortiq nufuzli xorijiy kompaniyalar qiziqish bildirdi.
Umumiy uzunligi 314 kilometr bo‘lgan bu tezurar magistral foydalanishga topshirilishi natijasida Toshkent bilan Andijon orasidagi qatnov vaqti 5 soatdan 3 soatgacha qisqaradi.
Bu yalpi ichki mahsulotni 2,6 foizga oshirib, avtohalokatlarni 40 foizga kamaytirish imkonini beradi.
“Yana bir loyiha Toshkent bilan Samarqandni bog‘lovchi qo‘shimcha yo‘l qurishga qaratilgan. Xorijiy mutaxassislar ishtirokida uning texnik-iqtisodiy asoslari ishlab chiqilgan. Bu yangi yo‘lning uzunligi 300 kilometr atrofida bo‘ladi. Uning natijasida Toshkent bilan Samarqand o‘rtasida qatnov vaqti 4,5 soatdan 2,5 soatgacha qisqaradi. Hozirgi mavjud yo‘lda tirbandlik ancha kamayadi”, — deya aniqlik kiritilgan xabarda.
Bu yangi yo‘llarda haydovchi va yo‘lovchilar uchun turli pullik xizmatlar yo‘lga qo‘yiladi. Bunyodkorlik jarayonida mahalliy qurilish korxonalari ham qatnashishi mumkinligi aytildi.
Kak v Samarkande realizuyetsya transportnaya model, razrabotannaya rossiyskoy kompaniyey - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.03.2025
Rossiya tomonidan ishlab chiqilgan transport modeli Samarqandda qanday amalga oshirilmoqda?
Yangiliklar lentasi
0