Shvetsiya bilan migratsiya sohasida hamkorlik muhokama qilindi

© Press-slujba MIDDelegatsiya Uzbekistana provela vstrechu s chlenami pravitelstva Shvetsii
Delegatsiya Uzbekistana provela vstrechu s chlenami pravitelstva Shvetsii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.10.2025
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston delegatsiyasi Shvetsiya hukumat a’zolari bilan uchrashdi. Suhbatlarda qonuniy migratsiya, migrantlar huquqlari va savdo hamkorligini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
TOShKENT, 11 okt – Sputnik. Stokgolm shahrida Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olimjon Abdullayev boshchiligida O‘zbekiston delegatsiyasi Shvetsiya hukumat a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muzokaralar chog‘ida migratsiya sohasida O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Vazirning joriy yilning 24-25 iyun kunlari O‘zbekistonga amalga oshirgan tashrifi davomida migratsiya sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida Qo‘shma deklaratsiya imzolangan.
Forssell O‘zbekistonda qonuniy migratsiyani rag‘batlantirishga qaratilgan islohotlar Shvetsiya bilan ushbu yo‘nalishda tizimli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun keng imkoniyatlar yaratishini ta’kidladi.
Shu munosabat bilan Shvetsiya tomoni migratsiya va mobillik bo‘yicha Hukumatlararo bitim loyihasi yuzasidan muzokaralar jarayonini yakunlashga tayyorligini bildirdi.
Tomonlar qonuniy migratsiyani rag‘batlantirish, mehnat migrantlarining huquq va manfaatlarini himoya qilish, O‘zbekiston migratsiya xizmatlari salohiyatini mustahkamlashga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirish orqali aloqalarni yanada mustahkamlashga kelishildi.
© Press-slujba MIDDelegatsiya Uzbekistana provela vstrechu s chlenami pravitelstva Shvetsii
Delegatsiya Uzbekistana provela vstrechu s chlenami pravitelstva Shvetsii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.10.2025
Delegatsiya Uzbekistana provela vstrechu s chlenami pravitelstva Shvetsii
Shuningdek delegatsiya Shvetsiya tashqi savdo va xalqaro hamkorlik vaziri Benyamin Dousa bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muzokaralar chog‘ida ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarning holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
B.Dousa qayd etishicha, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar hamda ochiq tashqi siyosat, jumladan, Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish va Yevropa Ittifoqi bilan sheriklikni mustahkamlash borasidagi sa’y-harakatlar tufayli bugungi kunda O‘zbekistonning Shvetsiya uchun ahamiyati ortib bormoqda.
Sovetnik MID provel vstrechu s Poslom Shvetsii i predstavitelyami SIDA - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.10.2025
Shvetsiya bilan migratsiya va ta’lim yo‘nalishida hamkorlik muhokama etildi
Yangiliklar lentasi
0