Shvetsiya bilan migratsiya va ta’lim yo‘nalishida hamkorlik muhokama etildi

© Press-slujba MIDSovetnik MID provel vstrechu s Poslom Shvetsii i predstavitelyami SIDA
Sovetnik MID provel vstrechu s Poslom Shvetsii i predstavitelyami SIDA - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.10.2025
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston TIV maslahatchisi Munira Aminova Shvetsiya elchisi Tomas Danestad va SIDA vakillari bilan migratsiya, ta’lim va Afg‘onistonga ko‘mak masalalarini muhokama qildi
TOShKENT, 2 okt — Sputnik. Tashqi ishlar vaziri maslahatchisi Munira Aminova Shvetsiya Qirolligining O‘zbekistondagi elchisi Tomas Danestad boshchiligidagi Shvetsiya xalqaro taraqqiyot va hamkorlik agentligining (SIDA) Tinchlik va migratsiya masalalari departamenti direktori Karolina Vennerholm bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muzokaralar chog‘ida tomonlar migratsiya, reintegratsiya va ijtimoiy himoya sohasidagi loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, qo‘shma ta’lim va gumanitar dasturlarni amalga oshirish, Afg‘onistonga, shu jumladan, O‘zbekiston hududi orqali ta’lim va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash sohalarida ko‘maklashish kabi sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qilishdi.
Tomonlar ijtimoiy barqarorlik va izchil taraqqiyotni mustahkamlashga qaratilgan yangi qo‘shma loyihalarni ishlab chiqishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.
Shvetsiya delegatsiyasining tashrifi O‘zbekiston-Shvetsiya hamkorligini rivojlantirish, tashqi siyosatning gumanitar yo‘nalishini mustahkamlash, hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini, jumladan, Afg‘oniston manfaatlarini rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadam sifatida qaralmoqda.
Vidacha pervix patentov v Yedinom migratsionnom sentre Moskovskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.07.2025
O‘zbekiston va Rossiya migratsiya sohasida yana bir hamkorlik boshladi — tafsilotlar
Yangiliklar lentasi
0