Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon chempionatida rekord o‘rnatdi

© Ministerstvo sportaTajeloatlet Akbar Djurayev ustanovil rekord na chempionate mira
Tajeloatlet Akbar Djurayev ustanovil rekord na chempionate mira - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.10.2025
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston og‘ir atletikachisi Akbar Jo‘rayev Norvegiyada o‘tgan jahon chempionatida g‘olib bo‘ldi va rekord o‘rnatdi. Ruslan Nurudinov esa 2 ta bronza medaliga ega chiqdi
TOShKENT, 11 okt – Sputnik. Norvegiyada o‘tayotgan jahon chempionatida o‘zbekistonlik sportchi Akbar Jo‘rayev -110 kg vaznda mutlaq chempionlikka erishdi. Bu haqda Sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Dast ko‘tarishda jahon rekordi bilan oltin medalga ega chiqqan Jo‘rayev siltab ko‘tarishda 232 kg va umumiy hisobda 428 kg bilan mutlaq ustunligini namoyon etdi.
Ruslan Nurudinov esa siltab ko‘tarishda 228 va ikki kurash yakuniga ko‘ra 414 bilan 2 ta bronza medaliga ega chiqdi.
G‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimida medallarni Sport vaziri o‘rinbosari, mamlakat Og‘ir atletika federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Shaxrillo Maxmudov tantanali tarzda topshirdi.
Seremoniya zakritiya III Igr stran SNG - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.10.2025
O‘zbekiston sportchilari III MDH o‘yinlarida to‘rtinchi o‘rinni egalladi
Yangiliklar lentasi
0