O‘zbekiston sportchilari III MDH o‘yinlarida to‘rtinchi o‘rinni egalladi

© AZERTADJSeremoniya zakritiya III Igr stran SNG
Seremoniya zakritiya III Igr stran SNG - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.10.2025
Obuna bo‘lish
Ozarbayjonda bo‘lib o‘tgan III MDH o‘yinlari o‘z nihoyasiga yetdi. O‘zbekiston delegatsiyasi musobaqalarni 119 ta medal bilan yakunladi. Umumiy hisobda Rossiya, Ozarbayjon va Belarus yetakchilik qildi
TOShKENT, 9 okt – Sputnik. Ozarbayjonda bo‘lib o‘tgan III MDH o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi jami 119 ta medalni qo‘lga kiritdi.
Musobaqaning so‘nggi kunida o‘zbekistonlik sportchilar badiiy gimnastikaning besh halqa va besh juft bulava dasturi bo‘yicha jamoaviy yo‘nalishda bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
O‘zbekiston delegatsiyasi musobaqa davomida 25 ta oltin, 33 ta kumush va 61 ta bronza, jami 119 ta medal bilan umumjamoa hisobida Rossiya, Ozarbayjon va Belarusdan keyin to‘rtinchi o‘rinni egalladi.
© telegram sputnikuzbekistan / Mediabankka o‘tish🟠Pervoe mesto na III Igrax stran SNG zanyala Rossiya, Uzbekistan - na chetvertom meste
🟠Pervoe mesto na III Igrax stran SNG zanyala Rossiya, Uzbekistan - na chetvertom meste - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.10.2025
🟠Pervoe mesto na III Igrax stran SNG zanyala Rossiya, Uzbekistan - na chetvertom meste
Ozarbayjonning yettita shahrida o‘tkazilgan musobaqalarda 13 ta mamlakat va 2400 nafardan ortiq sportchi ishtirok etdi.
Musobaqalar futbol, suzish, boks, dzudo, gimnastika va sport kurashi kabi 21 ta sport turi bo‘yicha o‘tkazildi.
MDH mamlakatlari o‘yinlari har ikki yilda bir marta o‘tkaziladi. Dastlabki o‘yinlar 2021-yilda Qozonda, keyingilari esa 2023-yilda Belarusda bo‘lib o‘tgan.
V Azerbaydjane zavershayutsya III Igri SNG - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.10.2025
MDH o‘yinlari: O‘zbekiston medallari soni 118 taga yetdi
Yangiliklar lentasi
0