Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti Venesuela muxolifatchisi Mariya Machadoga berildi

© AP Photo / Ariana CubillosMariya Korina Machado
Mariya Korina Machado - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.10.2025
Obuna bo‘lish
2025 yilda Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti Venesuela demokratik harakati yetakchisi Mariya Korina Machadoga topshiriladi. U demokratik huquqlar va demokratiyaga tinch o‘tish uchun kurashi bilan tanilgan
TOShKENT, 10 okt – Sputnik. 2025-yilda tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti Venesuela demokratik harakati yetakchisi Mariya Korina Machadoga topshiriladi. Bu haqda Nobel qo‘mitasi xabar berdi.
Qo‘mita uning "Venesuela xalqining demokratik huquqlari va diktaturadan demokratiyaga tinch yo‘l bilan o‘tish uchun tinimsiz kurashini" qayd etdi.
Machado 1967-yilda Karakasda tug‘ilgan. U katolik kollejida o‘qigan va 1990-yilda katolik universitetida sanoat muhandisi diplomini olgan.
2010 yilda Venesuela Milliy Assambleyasiga saylangan, ikki yildan so‘ng "Vente Venezuela" muxolifat harakatiga asos solgan va unga rahbarlik qilgan.
2014 yilda u hukumatga qarshi namoyishlarda ishtirok etgan va shu yili davlat to‘ntarishi hamda prezident Nikolas Maduroga suiqasd urinishida ayblanib sudga tortilgan. Sud qaroriga ko‘ra, unga ma’lum muddatga davlat lavozimlarini egallash taqiqlangan.
2024 yilda Venesuelada prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tdi, unda amaldagi davlat rahbari Nikolas Maduro 51,95 foiz ovoz bilan g‘alaba qozondi. Machado saylovda nomzod sifatida ishtirok etmadi, u 43,18% ovoz olgan Edmundo Gonsalesni qo‘llab-quvvatladi.
Bir qator davlatlar, jumladan, AQSh ham Maduroning qayta saylanishini tan olmadi. Rossiya, Xitoy, Boliviya, Kuba, Eron va boshqa davlatlar uni g‘alaba bilan tabrikladi.
Nobelevskiy komitet - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.10.2024
Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti Yaponiya uyushmasiga berildi
Yangiliklar lentasi
0