https://oz.sputniknews.uz/20241011/tinchlik-boyicha-nobel-mukofoti-46087452.html
Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti Yaponiya uyushmasiga berildi
Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti Yaponiya uyushmasiga berildi
Sputnik O‘zbekiston
Tinchlik bo‘yicha 2024-yilgi Nobel mukofoti Yaponiyaning “Nihon Hidankyo” jamoat tashkilotiga berildi. Nihon Hidankyo” – Yaponiyaga atom bombasi hujumida omon qolganlar jamoat tashkiloti 1956-yilda tashkil qilingan. Tashkilotning asosiy maqsadi – yadroviy bombardimondan zarar ko‘rganlarga yordam berish va dunyo davlatlarini yadroviy quroldan voz kechishga ko‘ndirish."Nihon Hidankyo"ning 84 yoshli rahbari Sueychi Kido ushbu mukofot ularning uzoq yillik faoliyatining e’tirofi ekanini ta’kidladi.
2024-10-11T20:07+0500
2024-10-11T20:07+0500
2024-10-11T20:07+0500
yaponiya
aqsh
mukofot
dunyo yangiliklari
dunyoda
nobel mukofoti
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0a/0b/46087571_0:0:3072:1728_1920x0_80_0_0_a40f5f879b228dec351deb8f02c6718d.jpg
TOShKENT, 11 okt — Sputnik. Tinchlik bo‘yicha 2024-yilgi Nobel mukofoti Yaponiyaning “Nihon Hidankyo” jamoat tashkilotiga berildi. Bu haqida Nobel qo‘mitasi bayonotida aytib o‘tilgan. “Nihon Hidankyo” – Yaponiyaga atom bombasi hujumida omon qolganlar jamoat tashkiloti 1956-yilda tashkil qilingan. Tashkilotning asosiy maqsadi – yadroviy bombardimondan zarar ko‘rganlarga yordam berish va dunyo davlatlarini yadroviy quroldan voz kechishga ko‘ndirish."Nihon Hidankyo"ning 84 yoshli rahbari Sueychi Kido ushbu mukofot ularning uzoq yillik faoliyatining e’tirofi ekanini ta’kidladi. Undan tashqari, uyushma rahbari AQSh uzoq vaqtdan beri ularga bosim o‘tkazib kelayotgani va Yaponiya hukumati ham ularga hech qanday yordam bermayotgani haqida gapirdi.Uyushma raisi, shuningdek, 2017-yilda Yadro qurolini taqiqlash to‘g‘risidagi shartnomaning qabul qilinishi asosan “Nihon Hidankyo” tashkilotining faoliyati tufayli amalga oshganiga ishonch bildirdi.Xirosima va Nagasakiga tashlangan bombaning portlashi oqibatida bir kunda 70 mingdan 100 minggacha odam halok bo‘lgan, 1945-yil oxiriga kelib jarohatlari va radiatsiya tufayli qurbonlar soni 140 mingga yetgan. 2023-yilda esa atom bombasi qurbonlar soni 350 mingdan oshgan.
yaponiya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0a/0b/46087571_17:0:2748:2048_1920x0_80_0_0_7698c8e9421730d6149636f06fed17ce.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
tinchlik bo‘yicha nobel mukofoti nihon hidankyo yaponiya
tinchlik bo‘yicha nobel mukofoti nihon hidankyo yaponiya
Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti Yaponiya uyushmasiga berildi
Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotini olgan Yaponiya tashkiloti AQSh uzoq vaqtdan beri ularga bosim o‘tkazib kelgani haqida aytib berdi.
TOShKENT, 11 okt — Sputnik. Tinchlik bo‘yicha 2024-yilgi Nobel mukofoti Yaponiyaning “Nihon Hidankyo” jamoat tashkilotiga berildi. Bu haqida Nobel qo‘mitasi bayonotida aytib o‘tilgan.
"Dunyoni yadroviy quroldan xoli qilish yo‘lidagi sa’y-harakatlari va yadro qurolidan boshqa hech qachon foydalanish kerak emasligini namoyish qilgani uchun", - deyiladi bayonotda.
“Nihon Hidankyo” – Yaponiyaga atom bombasi hujumida omon qolganlar jamoat tashkiloti 1956-yilda tashkil qilingan. Tashkilotning asosiy maqsadi – yadroviy bombardimondan zarar ko‘rganlarga yordam berish va dunyo davlatlarini yadroviy quroldan voz kechishga ko‘ndirish.
"Nihon Hidankyo"ning 84 yoshli rahbari Sueychi Kido ushbu mukofot ularning uzoq yillik faoliyatining e’tirofi ekanini ta’kidladi.
“O‘ylaymanki, bu mukofot bizning uzoq yillik faoliyatimiz e’tirofi. Ko‘z oldimda, hozir olamdan o‘tib ketgan, ushbu uyushmani tashkil qilgan katta yoshli safdoshlarim gavdalanmoqda. Ular atom bombasi qurbonlari soni oshmasligiga umid qilib ushbu uyushmani tashkil qilgan edi", - dedi Kido.
Undan tashqari, uyushma rahbari AQSh uzoq vaqtdan beri ularga bosim o‘tkazib kelayotgani va Yaponiya hukumati ham ularga hech qanday yordam bermayotgani haqida gapirdi.
"Xirosima va Nagasakidagi g‘ayriinsoniy xatti-harakatlardan so‘ng biz uzoq vaqt davomida Amerika Qo‘shma Shtatlari zulmi ostida qoldik va Yaponiya hukumati tomondan ham unutildik”, - dedi Kido o‘z nutqida.
Uyushma raisi, shuningdek, 2017-yilda Yadro qurolini taqiqlash to‘g‘risidagi shartnomaning qabul qilinishi asosan “Nihon Hidankyo” tashkilotining faoliyati tufayli amalga oshganiga ishonch bildirdi.
Xirosima va Nagasakiga tashlangan bombaning portlashi oqibatida bir kunda 70 mingdan 100 minggacha odam halok bo‘lgan, 1945-yil oxiriga kelib jarohatlari va radiatsiya tufayli qurbonlar soni 140 mingga yetgan. 2023-yilda esa atom bombasi qurbonlar soni 350 mingdan oshgan.