Isroil-Falastin mojarosi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.11.2023
Isroil-Falastin mojarosi
Isroil-Falastin mojarosi oktabr boshida XAMAS zarbasidan so‘ng qaytadan avj oldi. Isroil "G‘azo" sektorini bombardimon qildi va to‘liq blokadaga oldi.

TIV: G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha erishilgan kelishuvni olqishlaymiz

© Sputnik / Avenir DeberdeyevFasad zdaniya s nadpisyu MID Uzbekistana
Fasad zdaniya s nadpisyu MID Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.10.2025
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston o‘t ochishni to‘xtatish vaqtinchalik chora emas, balki tomonlar o‘rtasida xavfsizlikni ta’minlash, barqaror hamjihatlikni o‘rnatish va o‘zaro ishonchni tiklashga qaratilgan uzoq muddatli siyosiy yechim sari muhim qadam bo‘lishiga umid bildirgan.
TOShKENT, 9 okt – Sputnik. O‘zbekiston G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish va garovga olinganlarni ozod etish bo‘yicha erishilgan kelishuvni olqishlaydi. Tashqi ishlar vazirligi tegishli bayonot bilan chiqdi.
“Misr, Qatar va Turkiyaning ushbu muhim jarayonda muvofiqlashtirilgan faoliyatini va ularning muhim rolini yuqori baholaymiz. Mazkur sa’y-harakatlar zo‘ravonlikni tez fursatda to‘xtatish, gumanitar inqirozni yengillashtirish hamda siyosiy muloqotni tiklash uchun zamin yaratmoqda”, - deyiladi bayonotda.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston doimo xalqaro huquq meyorlari va BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyalari asosida Yaqin Sharqda mustahkam va adolatli tinchlik o‘rnatilishini qo‘llab-quvvatlaydi.
“O‘t ochishni to‘xtatish vaqtinchalik chora emas, balki tomonlar o‘rtasida xavfsizlikni ta’minlash, barqaror hamjihatlikni o‘rnatish va o‘zaro ishonchni tiklashga qaratilgan uzoq muddatli siyosiy yechim sari muhim qadam bo‘lishiga ishonchimiz komil”, - deya umid bildirgan TIV.
O‘zbekiston Yaqin Sharqda tinchlik, barqarorlik va gumanitar yengillikni ta’minlashga qaratilgan xalqaro sa’y-harakatlarga konstruktiv hissa qo‘shishga tayyorligini yana bir bor tasdiqlagan.
Eslatamiz, avvalroq AQSh prezidenti Donald Trampning bevosita ko‘magida Isroil va Falastinning HAMAS harakati mojaroga barham berish rejasining birinchi bosqichi bo‘yicha kelishib olgani xabar qilingan edi. HAMAS kelishuvlar doirasida barcha garovdagilarni ozod qilishga, Isroil esa qo‘shinlarini muvofiqlashtirilgan chiziqqa olib chiqib ketishga kelishib olgan.
Flag Gosudarstva Palestini - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.06.2025
Mirziyoyev G‘azo sektoridagi muammoning yagona yechimini aytdi
Yangiliklar lentasi
0