Elektrotexnika sanoati: O‘zbekiston 5 trln so‘mlik mahsulotlarni mahalliylashtiradi

© Shutnik/Zafar XalilovV Tashkente proxodat mejdunarodnie vistavki
V Tashkente proxodat mejdunarodnie vistavki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.04.2025
Obuna bo‘lish
Prezidentga elektrotexnika sanoatidagi rejalar taqdimot qilindi.
TOShKENT, 23 apr — Sputnik. Bu yil O‘zbekiston qariyb 5 trillion so‘mlik mahsulotlarni mahalliylashtirishni reja qilmoqda. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tgan elektrotexnika sohasiga oid taqdimotda ma’lum qilindi.
Taqdimotda elektrotexnika sohasida ikkinchi chorak va yil yakunigacha mo‘ljallangan asosiy rejalar aytib o‘tildi.
Qayd etilishicha, bu yil ishlab chiqarish hajmini 43 trillion so‘mga yettkazish, qariyb 5 trillion so‘mlik mahsulotlarni mahalliylashtirish ko‘zda tutilgan. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, mahalliylashtirishni chuqurlashtirib, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar olish, zamonaviy texnologiyalarga munosib malakali kadrlar tayyorlash zarur.
“Umumiy qiymati 656 million dollarlik 71 ta loyihani amalga oshirib, 4 ming 600 ta ish o‘rni ochish mo‘ljallangan. Eksport miqdori 1 milliard 700 million dollarga, geografiyasi 68 ta mamlakatga yetishi kutilmoqda”, — deyilgan xabarda.
Mutasaddilarga tarmoqdagi har bir korxona bilan ishlab, sanoat va logistika zanjirlarida yuzaga keladigan masalalarni hal etish, eksport geografiyasini diversifikatsiya qilib, yangi bozorlar topish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Elektrotexnika sohasida quyidagilar amalga oshirilgan:
so‘nggi yetti yilda eksport hajmi 7 barobarga o‘sgan va geografiyasi 63 ta davlatga yetgan;
hozirgi kunda 500 taga yaqin korxona bo‘lib, ularda 27 mingdan ziyod fuqaro ishlamoqda;
shu yil birinchi chorakda tarmoqda ishlab chiqarish hajmi 7 trillion so‘mdan oshgan;
qariyb 310 million dollarlik mahsulot eksport qilinib, bu ko‘rsatkich 1,3 barobar o‘sgan. Shu davrda 55 million dollar investitsiya o‘zlashtirilgan. Shundan 48 million dollari to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kreditlardir;
xorijiy brendlar ostida xaridorgir mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha umumiy qiymati 900 million dollarga teng loyihalar shakllantirildi.
O‘zbekistonning elektrotexnika sanoatidagi rejalari ma’lum qilindi
Ministr kulturi Ozodbek Nazarbekov vstretilsya s glavoy Rossotrudnichestva Yevgeniyem Primakovim. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.04.2025
O‘zbekiston Rossiya bilan hamkorlikda diagnostika reagentlarini ishlab chiqarmoqchi
Yangiliklar lentasi
0