TDTga a’zo mamlakatlar sog‘liqni saqlash vazirlari qo‘shma deklaratsiya imzoladi

© Sog‘liqni saqlash vazirligiMinistri zdravooxraneniya stran-chlenov Organizatsii turkskix gosudarstv podpisali Sovmestnuyu deklaratsiyu
Ministri zdravooxraneniya stran-chlenov Organizatsii turkskix gosudarstv podpisali Sovmestnuyu deklaratsiyu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.04.2025
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston, sog‘liqni saqlash vaziri Asilbek Xudayarov tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish, tajriba almashish dasturlarini kengaytirish va qo‘shma ta’lim tashabbuslarini rivojlantirish muhimligini ta’kidladi.
TOShKENT, 9 apr – Sputnik. Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar sog‘liqni saqlash vazirlari Ostonada qo‘shma deklaratsiya imzoladi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qozog‘istonning Ostona shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT)ga a’zo mamlakatlar sog‘liqni saqlash vazirlarining beshinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Qirg‘iziston va Turkiya sog‘liqni saqlash vazirlari — Asilbek Xudayarov, Akmaral Alnazarova, Teymur Musayev, Erkin Checheybayev, Kemal Memisog‘lu, shuningdek, Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Kubanichbek O‘muraliyev ishtirok etdi. JSSTning Yevropa mintaqaviy burosi direktori Xans Klyuge mehmon sifatida taklif qilindi.
© Sog‘liqni saqlash vazirligiMinistri zdravooxraneniya stran-chlenov Organizatsii turkskix gosudarstv podpisali Sovmestnuyu deklaratsiyu
Ministri zdravooxraneniya stran-chlenov Organizatsii turkskix gosudarstv podpisali Sovmestnuyu deklaratsiyu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.04.2025
Ministri zdravooxraneniya stran-chlenov Organizatsii turkskix gosudarstv podpisali Sovmestnuyu deklaratsiyu
Tadbirda TDTga a’zo davlatlarda sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, tibbiyot va farmatsevtika sohalarida hamkorlikni yanada rivojlantirish, Turkiy davlatlar tashkilotida ushbu yo‘nalishdagi xalqaro tuzilmalarning roli kabi masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, uchrashuvda 2025–2026 yillarga mo‘ljallangan Harakat rejasini tasdiqlash masalasi ko‘rib chiqildi. Mazkur rejaga muvofiq hamkorlik yo‘nalishlari, xususan, sog‘liqni saqlash sohasida ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, kadrlar salohiyatini mustahkamlash, turkiy mamlakatlarda tibbiy turizm, farmatsevtika va transplantatsiyani rivojlantirish, tibbiy xizmatlarning favqulodda vaziyatlarga tayyorligini oshirish kabi vazifalar belgilanadi.
Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Kubanichbek O‘muraliyev o‘z chiqishida tuzilma a’zolari o‘rtasidagi hamkorlik va 2023-yilda qabul qilingan Harakat rejasini bajarish borasida sezilarli yutuqlarga erishilganini ta’kidladi. Shuningdek, JSST Yevropa mintaqaviy burosining qo‘shma loyihalarni amalga oshirishdagi rolini alohida qayd etdi.
O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Asilbek Xudayarov tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish, tajriba almashish dasturlarini kengaytirish va qo‘shma ta’lim tashabbuslarini rivojlantirish muhimligini ta’kidladi.
© Sog‘liqni saqlash vazirligiMinistri zdravooxraneniya stran-chlenov Organizatsii turkskix gosudarstv podpisali Sovmestnuyu deklaratsiyu
Ministri zdravooxraneniya stran-chlenov Organizatsii turkskix gosudarstv podpisali Sovmestnuyu deklaratsiyu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.04.2025
Ministri zdravooxraneniya stran-chlenov Organizatsii turkskix gosudarstv podpisali Sovmestnuyu deklaratsiyu

Uning aytishicha, bu – sog‘liqni saqlash sohasini jahon standartlariga javob berishining muhim kafolati. Bundan tashqari, xalqaro tashkilotlar va hamkorlar bilan aloqalarni kuchaytirish orqali biologik xavfsizlik, mikroblarga qarshi chidamlilikka qarshi kurashish, epidemiologik nazoratni takomillashtirish masalalarini birgalikda hal qilish imkoni yanada kengayadi.

Tadbirda sog‘liqni saqlash sohasidagi dolzarb masalalar muhokama qilinib, ekspertlar, olimlar, ta’lim va ilmiy tashkilotlar vakillari o‘rtasida o‘zaro bilim va tajriba almashildi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha vazirlar qo‘shma deklaratsiyani imzoladi. Unga ko‘ra, raqamli sog‘liqni saqlashning muhim roli e’tirof etilib, TDTga a’zo davlatlar va kuzatuvchi mamlakatlarda raqamli tibbiyot yechimlari, jumladan, elektron retseptlardan samarali foydalanish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Hujjatda TDTga a’zo davlatlar va kuzatuvchilar uchun yagona tibbiy ilmiy makon yaratish, qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish, bu yo‘nalishdagi ta’limning yagona standartlarini belgilash va uzluksizligini ta’minlash, sohada axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jadal qo‘llash, elektron sog‘liqni saqlashning yagona tartibini ishlab chiqish orqali bemorlar ma’lumotlarini transchegaraviy almashish taklif etilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2023-yilda Turkiy davlatlar tashkiloti sog‘liqni saqlash vazirlari yig‘ilishi Samarqandda bo‘lib o‘tgan edi.
Kapelnitsa. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.03.2025
O‘zbekistonda ilk bor murakkab epilepsiyani noyob amaliyot orqali davolash yo‘lga qo‘yildi
Yangiliklar lentasi
0