O‘zbekiston–Belarus forumida dron musobaqasi va innovatsiyalar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi

© Press-slujba Ministerstva visshego obrazovaniya, nauki i innovatsiySostoyalsya konkurs "Dron reysing" i vistavka innovatsionnix razrabotok
Sostoyalsya konkurs Dron reysing i vistavka innovatsionnix razrabotok - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.10.2025
Obuna bo‘lish
Ikkinchi ta’lim forumi doirasida dron musobaqasi va innovatsion ishlanmalar ko‘rgazmasi o‘tkazilib, yosh mutaxassislar zamonaviy texnologiyalar va ilmiy g‘oyalar bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar
TOShKENT, 8 okt – Sputnik. O‘zbekiston va Belarus ikkinchi ta’lim forumi doirasida zamonaviy texnologiyalar, ilmiy tadqiqotlar va yosh mutaxassislarning salohiyatini namoyon etuvchi bir qator tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Forum doirasida tashkil etilgan “Dron reysing” musobaqasi dron operatorlarining kasbiy mahoratini oshirish hamda ularning zamonaviy texnologiyalar sohasidagi bilim va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratildi.
Musobaqa davomida ishtirokchilar dronlar orqali tezlik va aniqlik bo‘yicha bellashdilar, bu esa texnik fikrlash va idrokni rivojlantirish uchun muhim tajriba bo‘ldi.
© Press-slujba Ministerstva visshego obrazovaniya, nauki i innovatsiySostoyalsya konkurs "Dron reysing" i vistavka innovatsionnix razrabotok
Sostoyalsya konkurs Dron reysing i vistavka innovatsionnix razrabotok - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.10.2025
Sostoyalsya konkurs "Dron reysing" i vistavka innovatsionnix razrabotok
Shu bilan birga, forum doirasida oliy va kasbiy ta’lim muassasalari olimlari, tadqiqotchilari va ixtirochilari o‘z ilg‘or ishlanmalari hamda innovatsion mahsulotlarini namoyish etdilar. Bu ko‘rgazma yoshlar uchun ilmiy g‘oyalar va raqamli yechimlar olami bilan yaqindan tanishish imkonini berdi.
Mazkur tadbirlar ishtirokchilarga yangi g‘oyalar va innovatsion yondashuvlarni o‘rganish, tajriba va bilim almashish imkonini yaratib, yosh mutaxassislar hamda tadqiqotchilarning kreativ fikrlashini, ilmiy va texnologik salohiyatini rivojlantirishga xizmat qildi.
V Fergane startoval uzbeksko-belorusskiy forum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.10.2025
O‘zbekiston–Belarus forumi: ta’limdagi hamkorlik va innovatsion loyihalar muhokama qilinadi
Yangiliklar lentasi
0