Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Tojikistonda bo‘ladi

© press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.10.2025
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston rahbari Dushanbedagi "Markaziy Osiyo – Rossiya" formatidagi ikkinchi sammit va MDH davlat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etadi.
TOShKENT, 8 okt – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-10 oktabr kunlari amaliy tashrif bilan ushbu Tojikistonda bo‘ladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Mirziyoyev Dushanbe shahrida o‘tadigan "Markaziy Osiyo – Rossiya" formatidagi ikkinchi sammit va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) davlat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etadi.
“Bo‘lajak tadbirlar kun tartibidan ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish, shu jumladan siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalarda qo‘shma loyihalarni ilgari surish, sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport, energetika va infratuzilma sohalarida kooperatsiya qilish, faol madaniy-gumanitar almashinuvni davom ettirish masalalari o‘rin olgan”, – deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, mamlakatlar yetakchilari xalqaro kun tartibi va mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashning dolzarb jihatlarini ham muhokama qiladilar.
Sammitlar yakunida amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan qator qo‘shma hujjatlar va qarorlar qabul qilinishi ko‘zda tutilgan.
Zasedanie Soveta ministrov inostrannix del SNG - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.10.2025
Markaziy Osiyo va Rossiya rahbarlari xavfsizlik va hamkorlik masalalarini muhokama qiladi
Yangiliklar lentasi
0