Tahdidlardan kelib chiqib: yangi qonun mudofaa buyurtmasi tartibini belgiladi

© Ministerstvo oboroni Respubliki UzbekistanFestival "MSITF – 2025"
Festival MSITF – 2025 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.10.2025
Obuna bo‘lish
Mudofaa sohasidagi davlat buyurtmalarini tartibga soluvchi yangi qonun qabul qilindi. Hujjat harbiy va ikki xil maqsadli mahsulotlarni xarid qilish hamda davlat komissiyasi faoliyatini belgilaydi
TOShKENT, 7 okt – Sputnik. Prezident “Davlat mudofaa buyurtmasi to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qonun davlat mudofaa buyurtmasi sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi

Davlat mudofaa buyurtmasi – Qurolli Kuchlarni qurollantirish bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadigan harbiy va ikki xil maqsadga mo‘ljallangan mahsulotlarni xarid qilish uchun davlat buyurtmasi hisoblanadi.

Davlat mudofaa buyurtmasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
mamlakatning milliy manfaatlaridan, jahondagi va mintaqadagi harbiy-siyosiy vaziyatdan, harbiy sohada milliy xavfsizlikka bo‘lgan tahdidlar darajasidan, zamonaviy harbiy mojarolarning xususiyatidan kelib chiqqan holda, davlat mudofaa buyurtmasini shakllantirish, tasdiqlash va bajarish;
buyurtmachilarni harbiy va ikki xil maqsadga mo‘ljallangan mahsulotlar bilan o‘z vaqtida hamda kafolatli tarzda qurollantirish va ta’minlash;
davlat mudofaa buyurtmasi uchun ajratilgan moliyaviy resurslardan maqsadli va samarali foydalanilishini ta’minlash.
Davlat mudofaa buyurtmasining loyihasi Davlat komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi va uning qarori bilan tasdiqlanadi.
Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan davlat mudofaa buyurtmasi navbatdagi yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasini ishlab chiqishda inobatga olinadi.
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey predlojeniy po sovershenstvovaniyu voyennogo obrazovaniya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.07.2025
O‘zbekistonda harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti tashkil etiladi
Yangiliklar lentasi
0