O‘zbekistonda harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti tashkil etiladi

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston harbiy ta’limini keng ko‘lamli o‘zgarishlar kutmoqda: markazlashtirilgan tizim, “Oliy Bosh Qo‘mondon” davlat stipendiyasi, serjantlar va tor soha mutaxassislarini tayyorlashning yangi modeli paydo bo‘ladi.
TOShKENT, 30-iyul – Sputnik. O‘zbekistonda harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti tashkil etiladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev harbiy ta’limni isloh qilish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
Bu haqda Xavfsizlik kengashining 2025-yil 21-fevraldagi yig‘ilishida topshiriq berilgan edi.
Mutaxassislar 20 tadan ortiq mamlakat tajribasini o‘rganib, yangi milliy modelni ishlab chiqishdi. Xususan, Qurolli Kuchlar akademiyasini qayta tashkil etish va uning negizida Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetini tashkil etish taklif etilmoqda. Universitet tarkibiga Mudofaa vazirligining barcha harbiy ta’lim muassasalari - 5 ta institut, Institut maqomidagi Serjantlar tayyorlash oliy maktabi hamda Aviatsiya va uchuvchisiz uchish apparatlari mutaxassislarini tayyorlash maktabi kiradi. Bu markazlashgan vertikal tizimni hosil qilib, qo‘shinlarning jangovar salohiyatini oshirish, dual ta’limni kengaytirish, ilmiy tadqiqotlarni amaliyotga tatbiq etishga xizmat qiladi.

Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey predlojeniy po sovershenstvovaniyu voyennogo obrazovaniya
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Yangiliklardan biri "2+2" dasturi bo‘lib, uning doirasida 18 xil yondosh soha mutaxassislari boshqa oliy ta’lim muassasalarining 2-bosqich talabalari orasidan saralab olinadi. Serjantlar tayyorlash oliy maktabida ularda yetakchilik ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha yangi tizim joriy etiladi. Serjantlar zamonaviy taktika va eng yangi qurollar bilan ishlashga o‘rgatiladi.
Yangi o‘quv yilidan boshlab bitiruvchi bosqich kursantlari uchun tanlov asosida “Oliy Bosh Qo‘mondon” davlat stipendiyasi joriy etiladi. Stipendiya sohibi oliy harbiy ta’lim muassasalarining magistraturasiga imtihonlarsiz qabul qilinadi.

Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey predlojeniy po sovershenstvovaniyu voyennogo obrazovaniya
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Bundan tashqari, endilikda oliy harbiy ta’lim muassasalarining 36 ta ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilari biryo‘la ikkita diplom – fuqarolik va harbiy kasbga mo‘ljallangan mutaxassislik egasi bo‘ladi. Bu ularning harbiy xizmatdan keyin ham faol ishlashi imkonini beradi.
Shuningdek, ta’lim sifatini oshirish maqsadida harbiy pedagoglarni yetakchi xorijiy davlatlarda o‘qitish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Taqdimotda ushbu takliflar ma’qullandi va ularni amaliyotga samarali tatbiq etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
