https://oz.sputniknews.uz/20251006/ozbekiston-kannavaro-52500097.html
O‘zbekiston terma jamoasining muvaffaqiyati yo‘lida bor imkoniyatimni ishga solaman – Kannavaro
O‘zbekiston terma jamoasining muvaffaqiyati yo‘lida bor imkoniyatimni ishga solaman – Kannavaro
Sputnik O‘zbekiston
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangan Fabio Kannavaro milliy terma jamoaning muvaffaqiyati yo‘lida bor imkoniyatini ishga solishini ma’lum qildi.
2025-10-06T17:17+0500
2025-10-06T17:17+0500
2025-10-06T17:18+0500
sport
o‘zbekiston
fabio kannavaro
futbol
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0a/06/52499756_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_587a438a8bf6e5f422c1b88e0da2999a.jpg
TOShKENT, 6 okt – Sputnik. Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangan Fabio Kannavaro milliy terma jamoaning muvaffaqiyati yo‘lida bor imkoniyatini ishga solishini ma’lum qildi.Bugun Milliy futbol markazida Fabio Kannavaro bilan shartnoma imzolandi. Uchrashuv davomida birinchi galda uzoq tahlil va o‘rganishlar orqali ushbu murabbiylar shtabi jalb etilganini ta’kidlandi. Kannavaroning yirik turnirlarda orttirgan tajribasi va mahorati orqali milliy jamoa bilan birgalikda muvaffaqiyat qozonishiga ishonch bildirildi.Ma’lumot o‘rnida, Kannavaro futbolchi sifatida Italiya terma jamoasi safida 2006-yilgi jahon chempionatida zafar quchgan va o‘sha yili eng yaxshi futbolchi sifatida “Oltin to‘p” sovrinini qo‘lga kiritgan, shuningdek, FIFA talqini bo‘yicha “Yilning eng yaxshi futbolchisi” sovrinini bilan taqdirlangan.Bosh murabbiy sifatida Xitoy terma jamoasi, "Al-Nassr" (Saudiya Arabistoni), “Tyanszin Quanyan” (Xitoy), “Guanchjou Evergrand” (Xitoy), "Benevento" (Italiya), "Udineze" (Italiya), va “Dinamo Zagreb” (Xorvatiya) klublarida faoliyat yuritgan.
https://oz.sputniknews.uz/20251006/fabio-kannavaro-ozbekiston-52431281.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0a/06/52499756_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_f3f74b518afc2d243ec673333b169ae3.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
futbol bo‘yicha o‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi fabio kannavaro ma’lumot
futbol bo‘yicha o‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi fabio kannavaro ma’lumot
O‘zbekiston terma jamoasining muvaffaqiyati yo‘lida bor imkoniyatimni ishga solaman – Kannavaro
17:17 06.10.2025 (yangilandi: 17:18 06.10.2025) Italiyalik mutaxassis O‘zbekistondek futbolsevar mamlakatda ishlash katta sharaf ekanini aytdi.
TOShKENT, 6 okt – Sputnik. Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangan Fabio Kannavaro milliy terma jamoaning muvaffaqiyati yo‘lida bor imkoniyatini ishga solishini ma’lum qildi.
Bugun Milliy futbol markazida Fabio Kannavaro bilan shartnoma
imzolandi. Uchrashuv davomida birinchi galda uzoq tahlil va o‘rganishlar orqali ushbu murabbiylar shtabi jalb etilganini ta’kidlandi. Kannavaroning yirik turnirlarda orttirgan tajribasi va mahorati orqali milliy jamoa bilan birgalikda muvaffaqiyat qozonishiga ishonch bildirildi.
“Avvalo bildirilgan ishonch uchun minnatdorchilik aytaman. O‘zbekistondek futbolsevar mamlakatda ishlash katta sharaf va bu o‘z o‘rnida katta mas’uliyat. Faqatgina milliy terma jamoaa emas, barcha — yoshlar, o‘smirlar jamoalari ham mundialda ishtirok etayotgani O‘zbekistonda futbolga berilayotgan katta e’tibor natijasi ekanligini bilinib turibdi. O‘zbekiston milliy terma jamoasining muvaffaqiyati yo‘lida bor imkoniyatimni ishga solaman”, - dedi Fabio Kannavaro O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan shartnoma imzolash chog‘ida.
Ma’lumot o‘rnida, Kannavaro futbolchi sifatida Italiya terma jamoasi safida 2006-yilgi jahon chempionatida zafar quchgan va o‘sha yili eng yaxshi futbolchi sifatida “Oltin to‘p” sovrinini qo‘lga kiritgan, shuningdek, FIFA talqini bo‘yicha “Yilning eng yaxshi futbolchisi” sovrinini bilan taqdirlangan.
Bosh murabbiy sifatida Xitoy terma jamoasi, "Al-Nassr" (Saudiya Arabistoni), “Tyanszin Quanyan” (Xitoy), “Guanchjou Evergrand” (Xitoy), "Benevento" (Italiya), "Udineze" (Italiya), va “Dinamo Zagreb” (Xorvatiya) klublarida faoliyat yuritgan.