https://oz.sputniknews.uz/20251006/ozbekiston-afgoniston-uglevodorod-52497823.html
O‘zbekiston kompaniyalari Afg‘onistonda uglevodorod qazib olishga litsenziya oldi
O‘zbekiston kompaniyalari Afg‘onistonda uglevodorod qazib olishga litsenziya oldi
Sputnik O‘zbekiston
Afg‘oniston hukumati O‘zbekiston kompaniyalariga o‘z hududida geologiya qidiruv ishlarini olib borish va uglevodorodlarni qazib olishga litsenziya berdi. Bu haqda O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov ma’lum qildi.
2025-10-06T18:14+0500
2025-10-06T18:14+0500
2025-10-06T18:14+0500
iqtisod
o‘zbekiston
afg‘oniston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0a/02/45935989_0:0:1440:810_1920x0_80_0_0_0e805c2c466cd5bf2d7fbfd1681f35c8.jpg
TOShKENT, 6 okt – Sputnik. Afg‘oniston hukumati O‘zbekiston kompaniyalariga o‘z hududida geologiya qidiruv ishlarini olib borish va uglevodorodlarni qazib olishga litsenziya berdi. Bu haqda O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov ma’lum qildi.Mirzamahmudovning so‘zlariga, bu birinchi bosqich. Uning natijalariga qarab hamkorlikni yana kengaytirish ko‘zda tutilgan.Uning qayd etishicha, kelajakda Afg‘onistonda tinchlik bo‘lishi, u yerda iqtisodiyot infratuzilma rivojlanishi ortidan O‘zbekistonga ushbu hududidan dunyo okeaniga eng yaqin chiqish yo‘li ochiladi.Mirzamahmudov Afg‘onistondagi tinchlik va barqarorlik nafaqat O‘zbekiston, balki barcha qo‘shni davlatlarga foyda ekanini ta’kidladi.
https://oz.sputniknews.uz/20250917/uzbekistan-afghanistan-savdo-logistika-korxona-52015102.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0a/02/45935989_180:0:1260:810_1920x0_80_0_0_1f6dfa04174043078f036a1e1f945d2b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
afg‘oniston o‘zbekiston geologiya qidiruv ishlari uglevodorod qazib olish
afg‘oniston o‘zbekiston geologiya qidiruv ishlari uglevodorod qazib olish
O‘zbekiston kompaniyalari Afg‘onistonda uglevodorod qazib olishga litsenziya oldi
O‘zbekiston va Afg‘oniston iqtisodiyoti uchun samara keltiradigan loyiha sifatida amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
TOShKENT, 6 okt – Sputnik. Afg‘oniston hukumati O‘zbekiston kompaniyalariga o‘z hududida geologiya qidiruv ishlarini olib borish va uglevodorodlarni qazib olishga litsenziya berdi. Bu haqda O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov ma’lum qildi.
“Prezidentimiz o‘rnatgan hamkorlik va ishonch natijasida Afg‘oniston hukumati O‘zbekiston kompaniyalariga o‘z hududida geologiya qidiruv ishlari olib borishga va uglevodorodlarni qazib olishga litsenziya berdi. To‘timaydon degan hududda 14-sentabr kuni amaliy ishlar boshlandi”, - dedi vazir “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida.
Mirzamahmudovning so‘zlariga, bu birinchi bosqich. Uning natijalariga qarab hamkorlikni yana kengaytirish ko‘zda tutilgan.
“Bu birinchi bosqich bo‘ladi, albatta, bu natijasiga qarab yanada buni kengaytirish, yangi maydonlarda birgalikda ishlash rejalashtirilgan. O‘zbekiston va Afg‘oniston iqtisodiyoti uchun samara keltiradigan loyiha sifatida amalga oshirish ko‘zda tutilgan”, — dedi energetika vaziri.
Uning qayd etishicha, kelajakda Afg‘onistonda tinchlik bo‘lishi, u yerda iqtisodiyot infratuzilma rivojlanishi ortidan O‘zbekistonga ushbu hududidan dunyo okeaniga eng yaqin chiqish yo‘li ochiladi.
Mirzamahmudov Afg‘onistondagi tinchlik va barqarorlik nafaqat O‘zbekiston, balki barcha qo‘shni davlatlarga foyda ekanini ta’kidladi.