O‘zbekiston-Afg‘oniston savdo va logistika qo‘shma korxonasi tashkil etildi

© IA "Dunyo"V Kabule sozdano sovmestnoe uzbeksko-afganskoe transportnoe predpriyatie
V Kabule sozdano sovmestnoe uzbeksko-afganskoe transportnoe predpriyatie
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.09.2025
Obuna bo‘lish
Afg‘onistonda O‘zbekiston ishtirokida tashkil etilgan qo‘shma korxona Janubiy Osiyodan MDH va Boltiq bo‘yi mamlakatlariga mahsulot yetkazish uchun qulay imkoniyatlar yaratadi.
TOShKENT, 17 sen — Sputnik. O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida Kobulda Afg‘onistonning "Khan Daqiq Trading" kompaniyasi va "Sogdiana Trans" MChJ hamkorligida qo‘shma korxona tashkil etildi, deb xabar berdi "Dunyo" axborot agentligi.
"Khan Daqiq Trading" rahbari Hamid Xonning aytishicha, yangi korxona yiliga 150 ming tonna mahsulotni Kobul – Mozori-Sharif – Kobul yo‘nalishida yuk mashinalarida tashish, shuningdek, Mozori-Sharifdan O‘zbekiston, Qozog‘iston, Belarus, Rossiya va Boltiq bo‘yi mamlakatlariga temir yo‘l orqali yetkazish va u yerdan import mahsulotlarini olib kelish imkoniyatini yaratadi.
"Sogdiana Trans"mas’uli va qo‘shma korxona raxbari Aziz Abdullayev korxona Janubiy Osiyodan MDH va Boltiq bo‘yi davlatlariga mahsulot yetkazish hamda u yerdan olib kelish uchun qulay logistika sharoitlarini ta’minlashini ta’kidladi.
O‘zbekiston elchisi Oybek Usmonov loyiha ikki davlat o‘rtasida transport, logistika, savdo, sanoat va boshqa yo‘nalishlardagi hamkorlikni kengaytirish uchun muhim ahamiyatga ega ekanligini aytib, tadbirkorlar uchun eksport-importda qulayliklar yaratishiga, transport xarajatlarini kamaytirishiga va savdo aylanmasini oshirishga xizmat qilishini qayd etdi.
Ma’lumot uchun, "Sogdiana Trans" MChJ — "O‘zbekiston Temir yo‘llari" tarkibidagi kompaniya bo‘lib, Hayraton – Mozori Sharif – Noibobod temir yo‘lida yuk tashish va texnik xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan.
Uzbekistan investiruyet $243 mln v stroitelstvo dvux LEP i dvux novix podstansiy v Afganistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.08.2025
O‘zbekiston Afg‘oniston energetikasiga 243 million dollar sarmoya kiritadi
Yangiliklar lentasi
0