https://oz.sputniknews.uz/20251004/tramp-isroilni-gazo-sektorida-ot-ochishni-darhol-toxtatishga-chaqirdi-52452788.html
Tramp Isroilni G‘azo sektorida o‘t ochishni darhol to‘xtatishga chaqirdi
Tramp Isroilni G‘azo sektorida o‘t ochishni darhol to‘xtatishga chaqirdi
Sputnik O‘zbekiston
Oldinroq XAMAS garovga olinganlarni ozod qilishga rozi ekanini ma’lum qilgan edi. 04.10.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-10-04T10:19+0500
2025-10-04T10:19+0500
2025-10-04T10:29+0500
aqsh
isroil
g‘azo
tinchlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/01/12/47605805_0:0:1280:720_1920x0_80_0_0_e8c4dffe60f47fc3908b380ee9651a97.jpg
TOShKENT, 4 okt — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp Isroil G‘azo sektoriga hujumlarini zudlik bilan to‘xtatishi kerakligini aytdi va XAMASning tinchlik kelishuviga tayyorligini ma’lum qildi.Shuningdek AQSh prezidenti ushbu rejani amalga oshirishda yordam bergan barcha mamlakatlar, xususan, Qatar, Turkiya, Saudiya Arabistoni, Misr va Iordaniyaga minnatdorlik bildirib, "Biz Yaqin Sharqda uzoq muddatli tinchlikka erishishga yaqinmiz", deb ta’kidladi. HAMAS harakati juma kuni AQShning G‘azodagi urushni to‘xtatish rejasiga javobini xalqaro vositachilarga taqdim etganini e’lon qildi. Unda quyidagilar bayon etilgan: 29-sentabr kuni Oq uy Trampning G‘azo sektoridagi kelishuv bo‘yicha “keng qamrovli rejasi”ni e’lon qildi. Bu, jumladan, Falastin anklavida XAMAS ishtirokisiz vaqtinchalik tashqi boshqaruvni joriy etish va u yerda xalqaro barqarorlik kuchlarini joylashtirishni talab qiladi. Isroil rejaga roziligini e’lon qildi.
https://oz.sputniknews.uz/20251002/israel-kema-52398866.html
g‘azo
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/01/12/47605805_161:0:1121:720_1920x0_80_0_0_7cf72c69127028632dbc76d0cd4c80b2.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
aqsh, isroil, g‘azo, tinchlik
aqsh, isroil, g‘azo, tinchlik
Tramp Isroilni G‘azo sektorida o‘t ochishni darhol to‘xtatishga chaqirdi
10:19 04.10.2025 (yangilandi: 10:29 04.10.2025) Oldinroq XAMAS garovga olinganlarni ozod qilishga rozi ekanini ma’lum qilgan edi.
TOShKENT, 4 okt — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp Isroil G‘azo sektoriga hujumlarini zudlik bilan to‘xtatishi kerakligini aytdi va XAMASning tinchlik kelishuviga tayyorligini ma’lum qildi.
"Isroil G‘azoni bombardimon qilishni zudlik bilan to‘xtatishi kerak, shunda biz garovga olinganlarni tez va xavfsiz olib chiqishimiz mumkin. Bu hozir juda xavfli", - deb yozdi u ijtimoiy tarmoqda.
Shuningdek AQSh prezidenti ushbu rejani amalga oshirishda yordam bergan barcha mamlakatlar, xususan, Qatar, Turkiya, Saudiya Arabistoni, Misr va Iordaniyaga minnatdorlik bildirib, "Biz Yaqin Sharqda uzoq muddatli tinchlikka erishishga yaqinmiz", deb ta’kidladi.
HAMAS harakati juma kuni AQShning G‘azodagi urushni to‘xtatish rejasiga javobini xalqaro vositachilarga taqdim etganini e’lon qildi. Unda quyidagilar bayon etilgan:
XAMAS barcha isroillik garovga olinganlarni ozod qilishi va "Tramp rejasi"da ko‘zda tutilgan almashinuv asosida amalga oshirilishi va bu borada muzokaralarni zudlik bilan boshlashga tayyorligini bildirdi.
XAMAS G‘azo boshqaruvini arab va islom davlatlarining ko‘magida milliy konsensus asosida tuzilgan mustaqil texnokratlardan iborat Falastin organiga topshirishga rozi bo‘ldi.
"AQSh rejasi"ning G‘azoning kelajagi va Falastin xalqining kengroq huquqlari bilan bog‘liq boshqa bandlari tegishli xalqaro qonunlar va rezolyutsiyalarga muvofiq, kollektiv Falastin mexanizmi doirasida ko‘rib chiqilishi qayd etildi.
29 sentabr kuni Oq uy Trampning G‘azo sektoridagi kelishuv bo‘yicha “keng qamrovli rejasi”ni e’lon qildi. Bu, jumladan, Falastin anklavida XAMAS ishtirokisiz vaqtinchalik tashqi boshqaruvni joriy etish va u yerda xalqaro barqarorlik kuchlarini joylashtirishni talab qiladi. Isroil rejaga roziligini e’lon qildi.