Isroil-Falastin mojarosi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.11.2023
Isroil-Falastin mojarosi
Isroil-Falastin mojarosi oktabr boshida XAMAS zarbasidan so‘ng qaytadan avj oldi. Isroil "G‘azo" sektorini bombardimon qildi va to‘liq blokadaga oldi.

Isroil G‘azoga yo‘l olgan yordam kemalarini to‘xtatdi

© Getty Images / NurPhotoIsroil G’azoga jo’natilgan 13ta oziq ovqat yordami kemalarini to‘xtatdi
Isroil G’azoga jo’natilgan 13ta oziq ovqat yordami kemalarini to‘xtatdi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.10.2025
Obuna bo‘lish
Gumanitar yordam jarayonida jami 40 dan ortiq tinch aholi kemalari ham qatnashgani taxmin qilinmoqda.
TOShKENT, 2 okt – Sputnik. Isroil dengiz kuchlari Global Sumud floti­liyasi qarshi harakat qilib, G‘azoga yordam yetkazishni maqsad qilgan 13 ta kema va ulardagi xorijlik faollarni to‘xtatdi. Bu haqda “Reuters” nashri xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, kemalar taxminan 500 nafar kishini tashigani, jumladan, shved iqlim faoli Greta Tunberg ham ular orasida bo‘lgan. Gumanitar yordam jami 40 tan ziyod kemadan iborat bo‘lgan.
“Tashkilotchilar bayonotida kemalarning xalqaro suv yo‘llarida noqonuniy ravishda to‘xtatilib, tintuv o‘tkazilgani aytiladi. Isroil hukumati esa bunday harakatlarni milliy xavfsizlik bilan izohlab, yuklarni rasmiy kanallar orqali G‘azoga yuborish taklifini ilgari surgan”, – deyiladi xabarda.
Turkiya harakatni “terrorchilik” deb atagan, Kolumbiya esa ikki kolumbiyalik fuqaro hibsga olinganidan so‘ng Isroil diplomatik vakolatxonasini deportatsiya qilgani aytilmoqda.
Flotiliya qo‘lga olingandan keyin Italiya va Kolumbiyada norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Ommaviy ish tashlashlar ham e’lon qilindi.
IT cpetsialist za rabotoy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.09.2025
Isroil-Falastin mojarosi
Isroilning falastinliklarni yoppasiga kuzatishi qiyinlashdi
Yangiliklar lentasi
0