https://oz.sputniknews.uz/20251003/50-yil-avtomobil-taqiq-52426647.html
Ishlab chiqarilganiga 50-yildan oshgan avtomobillardan foydalanish taqiqlanishi mumkin
Ishlab chiqarilganiga 50-yildan oshgan avtomobillardan foydalanish taqiqlanishi mumkin
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda 2026-yildan 50-yildan ortiq avtomobillar taqiqlanishi mumkin. Shu bilan birga, “Eng namunali hudud” tanlovi va “Yashil chiroq” musobaqalari yo‘l xavfsizligini oshirishga qaratilgan
2025-10-03T12:35+0500
2025-10-03T12:35+0500
2025-10-03T14:34+0500
o‘zbekiston
jamiyat
avtomobil
davlat raqami
iiv
qonun
yangi qonun
loyiha
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0a/03/52435916_0:161:3070:1888_1920x0_80_0_0_92416f513d944e65b4012aa4f741f717.jpg
TOShKENT, 3 okt — Sputnik. O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan yangi tartibni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqdi. Hujjat Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirildi.Shuningdek, umumiy og‘irligi 44 tonnadan ortiq yuk tashuvchi transport vositalari hamda ochiq konlarda ishlovchi yuk mashinalari uchun alohida davlat raqami belgisi joriy etish taklif qilinmoqda.Hujjatda yo‘l xavfsizligini oshirishga qaratilgan qator qo‘shimcha tashabbuslar ham nazarda tutilgan. Jumladan, har yili mart oyida “Eng namunali yo‘l harakati xavfsizligi ta’minlangan hudud” ko‘rik-tanlovi o‘tkazilib, viloyat va tumanlar kesimida yo‘l infratuzilmasi holati baholanadi va g‘oliblar pul mukofotlari bilan taqdirlanadi. Shu bilan birga, maktab o‘quvchilari va yoshlar o‘rtasida “Yashil chiroq” musobaqalari tashkil etiladi.
https://oz.sputniknews.uz/20250917/avtomobil-utilizatsiya-jarima-52018868.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0a/03/52435916_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_bcc09dd7a88b5534f8fbc505319708ca.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, iiv, qonun loyihasi, avtomashinalar taqiqlanishi, 50-yildan katta avtomobillar, eski mashinalar, antikvar avtomobillar, yo‘l harakati xavfsizligi, “eng namunali hudud” tanlovi, “yashil chiroq” musobaqasi, maktab o‘quvchilari, jamoatchilik muhokamasi, 2026-yil, eski mashina, eski moshina, eski avtomobil, avtomobil, eski avtomobil, avtomashina
o‘zbekiston, iiv, qonun loyihasi, avtomashinalar taqiqlanishi, 50-yildan katta avtomobillar, eski mashinalar, antikvar avtomobillar, yo‘l harakati xavfsizligi, “eng namunali hudud” tanlovi, “yashil chiroq” musobaqasi, maktab o‘quvchilari, jamoatchilik muhokamasi, 2026-yil, eski mashina, eski moshina, eski avtomobil, avtomobil, eski avtomobil, avtomashina
Ishlab chiqarilganiga 50-yildan oshgan avtomobillardan foydalanish taqiqlanishi mumkin
12:35 03.10.2025 (yangilandi: 14:34 03.10.2025) IIV qonun loyihasida 2026-yildan eski avtomobillarni yo‘ldan olish taklif qilingan. Hujjatda “Eng namunali hudud” ko‘rik-tanlovi va “Yashil chiroq” musobaqalarini o‘tkazish ham nazarda tutilgan
TOShKENT, 3 okt — Sputnik. O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan yangi tartibni nazarda tutuvchi
qonun loyihasini ishlab chiqdi. Hujjat Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirildi.
Loyihaga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvardan ishlab chiqarilganligiga 50-yil va undan ortiq bo‘lgan avtomototransport vositalaridan foydalanish, ularni qayta ro‘yxatga olish taqiqlanadi hamda ular davlat ro‘yxatidan chiqariladi. Faqat “antikvar” maqomiga ega avtomobillar bundan mustasno bo‘ladi.
Shuningdek, umumiy og‘irligi 44 tonnadan ortiq yuk tashuvchi transport vositalari hamda ochiq konlarda ishlovchi yuk mashinalari uchun alohida davlat raqami belgisi joriy etish taklif qilinmoqda.
Hujjatda yo‘l xavfsizligini oshirishga qaratilgan qator qo‘shimcha tashabbuslar ham nazarda tutilgan.
Jumladan, har yili mart oyida “Eng namunali yo‘l harakati xavfsizligi ta’minlangan hudud” ko‘rik-tanlovi o‘tkazilib, viloyat va tumanlar kesimida yo‘l infratuzilmasi holati baholanadi va g‘oliblar pul mukofotlari bilan taqdirlanadi. Shu bilan birga, maktab o‘quvchilari va yoshlar o‘rtasida “Yashil chiroq” musobaqalari tashkil etiladi.