Avtomobil raqam va hujjatini topshirmasdan utilizatsiya qilishga jarima belgilanishi mumkin

© Sputnik / Andrey Stenin / Mediabankka o‘tishUtilizatsiya avtomobiley na predpriyatie OOO "Vtormet"
Utilizatsiya avtomobiley na predpriyatie OOO Vtormet - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.09.2025
Obuna bo‘lish
Loyihaga ko‘ra, transportni hisobdan chiqarmasdan utilizatsiyaga topshirish holati fuqarolarga 2 mln so‘mdan, mansabdorlarga esa 4 mln so‘mdan ortiq jarimaga sabab bo‘lishi mumkin.
TOShKENT, 17 sen — Sputnik. O‘zbekistonda avtomobillarni davlat ro‘yxatidan chiqarmasdan utilizatsiya qilish yoki qismlarga ajratganlik uchun jarima joriy etish taklif etilmoqda. Bu Ichki ishlar vazirligi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgarishlar kiritish bo‘yicha ishlab chiqqan qonun loyihasida ko‘zda tutilgan.
Kodeksga utilizatsiyaga topshiriladigan yoki realizatsiya maqsadida qismlarga ajratiladigan transport vositalarini hisobdan chiqarish tartibini buzish bilan bog‘liq yangi 1254-modda kiritish taklif etilmoqda.
Avtotransport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazganlik to‘g‘risidagi guvohnoma va ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgisini vakolatli organga topshirmagan holda transportni utilizatsiya qilish yoki realizatsiya qilish maqsadida qismlarga bo‘laklash uchun fuqarolarga BHMning 5 baravari (taxminan 2 million so‘m), mansabdor shaxslarga esa 10 baravari (taxminan 4 million so‘m) miqdorida jarima solish taklif etilmoqda.
Loyihada qayd etilishicha, 2024-yil davomida respublika bo‘ylab YHXX va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan avtomototransport vositalarini ta’mirlash ustaxonalarida davlat hisobidan chiqarilmagan 4 609 ta raqam belgilari va qayd etish guvohnomalari noqonuniy ravishda saqlanayotgani aniqlangan.
Shuningdek, fuqarolar avtomototransport vositalarini hujjatsiz yoki ishonchnoma orqali sotib, keyin ular yaroqsiz holga kelgani uchun utilizatsiyaga topshirilgan, ammo davlat hisobidan chiqarilmagan holatlar uchragan. Natijada raqam belgilari boshqa avtomobillarga o‘rnatilib, qoidabuzarliklar sodir etilgan.
2024 yilda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga uch mingdan ortiq ana shunday holat yuzasidan murojaatlar kelib tushgan.
Ayrim hollarda esa ta’mirlash ustaxonalaridan topilgan raqam belgilarini fuqarolar o‘z mashinalariga o‘rnatib, huquqbuzarlik va hatto jinoyat sodir etgan.
Ta’kidlanishicha, qonunchilikka kiritilayotgan qo‘shimcha fuqarolar va davlat manfaatlariga yetkaziladigan zararning oldini olishga, shuningdek noqonuniy harakatlarning profilaktikasiga xizmat qiladi.
Sotrudnik slujbi bezopasnosti dorojnogo dvijeniya na ulitse Tashkenta. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.09.2025
YHQni takroriy buzgan haydovchilar uchun jazo kuchaytiriladi – tafsilotlar
Yangiliklar lentasi
0