https://oz.sputniknews.uz/20250709/ozbekiston-rossiya-migratsiya-hamkorlik-50421529.html
O‘zbekiston va Rossiya migratsiya sohasida yana bir hamkorlik boshladi — tafsilotlar
O‘zbekiston va Rossiya migratsiya sohasida yana bir hamkorlik boshladi — tafsilotlar
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston elchixonasi xodimlari Rossiya Mehnat va bandlik federal xizmati ("Rostrud") rahbarining o‘rinbosari Irina Zubkova bilan uchrashdi.
2025-07-09T15:00+0500
2025-07-09T15:00+0500
2025-07-09T15:00+0500
migratsiya
migrantlar
o‘zbekiston
rossiya
migratsiya agentligi
axborot texnologiyalari (it)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/04/1d/49096817_53:69:1099:657_1920x0_80_0_0_545b890d93aa6b5de6593c7462b7d224.jpg
TOShKENT, 9-iyul — Sputnik. O‘zbekiston va Rossiya migrantlar uchun ishga joylashish tartibini tushuntiruvchi axborot materiallari ishlab chiqadi. bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi. O‘zbekiston elchixonasi xodimlari Rossiya Mehnat va bandlik federal xizmati ("Rostrud") rahbarining o‘rinbosari Irina Zubkova bilan uchrashdi. Muloqotda O‘zbekistondan mehnat migrantlarini jalb etishning bugungi holati va istiqbollari, jumladan, mehnat migratsiyasini tartibga solishning mavjud mexanizmlarini optimallashtirish masalasi muhokama qilindi. Qayd etilishicha, tomonlar O‘zbekiston-Rossiya maqsadli auditoriyasi uchun axborot mahsulotlarini birgalikda ishlab chiqadi. "Rossiyada ishlash" platformasi doirasida quyidagi hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi: Shuningdek, ishga qabul qilishning tashkiliy jihatlarini soddalashtirish, ishonchli ish beruvchilarni tanlashga ko‘maklashish, ularning halolligini birgalikda nazorat qilish masalalari ham ko‘rib chiqildi. Qayd etilishicha, Rossiya tomoni mehnat munosabatlarini raqamlashtirish sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirishga tayyor.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/04/1d/49096817_131:0:1099:726_1920x0_80_0_0_431656be92015604855836a7e971d01b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston elchixonasi rossiya mehnat va bandlik federal xizmati rostrud irina zubkova
o‘zbekiston elchixonasi rossiya mehnat va bandlik federal xizmati rostrud irina zubkova
O‘zbekiston va Rossiya migratsiya sohasida yana bir hamkorlik boshladi — tafsilotlar
O‘zbekiston va Rossiya migrantlar uchun ishga joylashish tartibini tushuntiruvchi materiallar ishlab chiqadi.
TOShKENT, 9-iyul — Sputnik. O‘zbekiston va Rossiya migrantlar uchun ishga joylashish tartibini tushuntiruvchi axborot materiallari ishlab chiqadi. bu haqda “Dunyo” AA
xabar berdi. O‘zbekiston elchixonasi xodimlari Rossiya Mehnat va bandlik federal xizmati ("Rostrud") rahbarining o‘rinbosari Irina Zubkova bilan uchrashdi.
Muloqotda O‘zbekistondan mehnat migrantlarini jalb etishning bugungi holati va istiqbollari, jumladan, mehnat migratsiyasini tartibga solishning mavjud mexanizmlarini optimallashtirish masalasi muhokama qilindi.
Qayd etilishicha, tomonlar O‘zbekiston-Rossiya maqsadli auditoriyasi uchun axborot mahsulotlarini birgalikda ishlab chiqadi.
"Rossiyada ishlash" platformasi doirasida quyidagi hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi:
axborot tizimlarini integratsiyalash;
O‘zbekiston Migratsiya agentligi vakolatxonasining shaxsiy kabinetini yaratish;
xorijiy fuqarolarni ishga joylashtirishning asosiy talablari va tartiblarini tushuntirish bo‘yicha qo‘shma axborot materiallarni ishlab chiqish.
“Mamlakatimiz diplomatlari O‘zbekiston fuqarolarini Rossiyada ishga joylashtirish bo‘yicha huquqiy kanallarni kengaytirishdan manfaatdor ekanini bildirib, ikki davlatning tegishli idoralari o‘rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirishga tayyor ekanliklarini ma’lum qilishdi”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, ishga qabul qilishning tashkiliy jihatlarini soddalashtirish, ishonchli ish beruvchilarni tanlashga ko‘maklashish, ularning halolligini birgalikda nazorat qilish masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Qayd etilishicha, Rossiya tomoni mehnat munosabatlarini raqamlashtirish sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirishga tayyor.