Adham Ikramov Rossiya delegatsiyasi bilan sport sohasida hamkorlikni muhokama qildi

© Press-slujba Ministerstva sportaMinistr sporta provel vstrechu s delegatsiyey Rossiyskoy Federatsii
Ministr sporta provel vstrechu s delegatsiyey Rossiyskoy Federatsii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.10.2025
Obuna bo‘lish
Sport vaziri Adham Ikramov Rossiya Federatsiyasi delegatsiyasi bilan uchrashib, jismoniy tarbiya va sport sohasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi
TOShKENT, 2 okt — Sputnik. Sport vaziri Adham Ikramov Rossiya Federatsiyasi sport vaziri birinchi o‘rinbosari Odes Baysultanov boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Suhbat davomida ikki davlat o‘rtasida jismoniy tarbiya va sport sohasida xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, Rossiya Federatsiyasi Boshqirdiston Respublikasida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan yirik sport tadbirlari yuzasidan fikr almashildi. Mazkur masala yuzasidan tadbirda ishtirok etgan Boshqirdiston sport vaziri Ruslan Xabibov ham ma’lumot berdi.
Uchrashuvda Adham Ikramov tomonidan O‘zbekistonda sport sohasida erishilgan yutuqlar, sohani raqamlashtirish borasida erishilgan natijalar hamda ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari haqida to‘xtalib o‘tdi.
Tashrif doirasida mehmonlar Toshkentdagi Olimpiya shaharchasi bilan yaqindan tanishib, sport infratuzilmasi, zamonaviy majmualar va yaratilgan sharoitlarga yuqori baho berishdi.
Gubernator Sankt-Peterburga posetil Olimpiyskiy gorodok i Natsionalniy futbolniy sentr - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.09.2025
Sankt-Peterburg gubernatori Olimpiya shaharchasi va Milliy futbol markaziga tashrif buyurdi
Yangiliklar lentasi
0