Migrantlarga Rossiya fuqaroligi uchun soxta hujjat tayyorlaganlar ishi sudga oshirildi

© culture.ruYustitsiya
Yustitsiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.10.2025
Obuna bo‘lish
Moskvada O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolariga Rossiya fuqaroligini olish uchun soxta hujjat tayyorlagan guruh ishi sudga oshirildi
TOShKENT, 2 okt — Sputnik. Moskvada noqonuniy migratsiyani tashkil etganlikda ayblanayotgan jinoiy guruh ishi bo‘yicha tergov yakunlandi.
Rossiya Tergov qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, 13 nafar a’zo "noqonuniy migratsiyani tashkil etish", "pora olish" va "pora berish"da ayblanmoqda.
Xabarga aytilishicha, Rossiya fuqaroligini rasmiylashtirish vakolatiga ega shaxslar bilan oldindan aloqasi bo‘lgan ayblanuvchilar 2023-yilda uyushgan guruh tuzgan.
Ishtirokchilar Rossiya fuqaroligini olishni istagan, ammo bunga qonuniy asoslari bo‘lmagan Tojikiston va O‘zbekiston fuqarolari orasidan shaxslarni qidirishgan.
Keyinchalik, ayblanuvchilar 500 ming rublgacha bo‘lgan pul mukofoti evaziga Ukraina fuqaroligini tasdiqlovchi soxta plastik pasportlar va Donesk Xalq Respublikasi va Xerson viloyatida ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risida soxta ma’lumotnomalar tayyorlaganlar, bu esa chet el fuqarolariga Rossiya fuqaroligini soddalashtirilgan tartibda olish imkonini bergan.
Dastlabki tergov davomida 40 nafardan ortiq guvohlar so‘roq qilingan, 30 tadan ortiq tintuv o‘tkazilib, davlat organlari va muassasalarining, shu jumladan, xorijiy davlatning ko‘plab shtamplari, muhrlari va blankalari musodara qilingan.
Jinoyat ishi sudga oshirildi.
V Kazaxstane politseyskimi perekrit krupniy kanal nezakonnoy migratsii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.09.2025
O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasida noqonuniy migratsiya kanali fosh etildi
Yangiliklar lentasi
0