O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasida noqonuniy migratsiya kanali fosh etildi

© Press-slujba MVD KazaxstanaV Kazaxstane politseyskimi perekrit krupniy kanal nezakonnoy migratsii
V Kazaxstane politseyskimi perekrit krupniy kanal nezakonnoy migratsii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.09.2025
Obuna bo‘lish
Turkiston viloyatida chegaradan noqonuniy odam olib o‘tish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh qo‘lga olindi.
TOShKENT, 18 sen – Sputnik. Qozog‘iston Respublikasi Turkiston viloyatining chegara hududlarida noqonuniy migratsiya kanalini tashkil etgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda Qozog‘iston IIV matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarlarga ko‘ra, to‘rt nafar asosiy tashkilotchi va ularning sheriklari qo‘lga olinib, vaqtincha saqlash izolyatoriga joylashtirilgan.
Aniqlanishicha, qo‘lga olinganlar davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tishda qo‘shni davlat fuqarolariga yordam berganlikda gumonlanmoqda. Ular o‘z xizmatlari uchun har bir xorijlikdan 500 ming tengegacha, ya’ni 11 million so‘m atrofida pul olishgan.
Tintuv davomida gumonlanuvchilardan chet el pasportlari, soxta hujjatlar, elektron tashuvchilar va aloqa vositalari olib qo‘yilgan.
Tashkilotchilarga nisbatan Qozog‘iston Respublikasi Jinoyat kodeksining "noqonuniy migratsiyani tashkil etish" va "davlat chegarasini qasddan noqonuniy kesib o‘tish" moddalari bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv boshlangan.
Gimalai s vershini gori Everest v Nepale  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.09.2025
Qozog‘iston tog‘larida O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi
Yangiliklar lentasi
0