Qish mavsumida ehtiyojmand oilalarga yordam puli beriladi

© Administratsiya Botanicheskogo sadaBotanicheskiy sad v Tashkente zimoy.
Botanicheskiy sad v Tashkente zimoy. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.09.2025
Obuna bo‘lish
Bugungi kunda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” va “Kambag‘al oilalar reyestri”da jami 816 mingta oila mavjud.
TOShKENT, 20 sen — Sputnik. Ehtiyojmand oilalarga qish mavsumida bir martalik ko‘mak beriladi. Bu haqda Ijtimoiy himoya vazirligi xabar qilmoqda.
2025/2026 yilgi isitish mavsumida aholining ehtiyojmand qatlamlarini qo‘shimcha moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”, “Kambag‘al oilalar reyestri”ga kiritilgan oilalar hamda “Mahalla yettiligi” tomonidan qo‘shimcha shakllantirilgan ro‘yxatdagi ehtiyojmand oilalarga 1 million so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam ajratiladi.

Bugungi kunda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” va “Kambag‘al oilalar reyestri”da jami 816 mingta oila mavjud.
© Ijtimoiy himoya vazirligiViloyatlar bo‘yicha ehtiyojmand oilalar soni
Viloyatlar bo‘yicha ehtiyojmand oilalar soni - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.09.2025
Viloyatlar bo‘yicha ehtiyojmand oilalar soni
Hozirda “Mahalla yettiligi” tomonidan ushbu reyestrlardagi oilalarning 40 foizigacha qo‘shimcha ravishda kambag‘allikka tushish xavfi yuqori bo‘lgan oilalar ro‘yxati shakllantirilmoqda.
Joriy yil 19-sentabr holatiga ko‘ra, “Mahalla yettiligi” tomonidan 317 698 ta qo‘shimcha ehtiyojmand oilalar ro‘yxati tuzildi.
Qo‘shimcha ro‘yxat shakllantirishda birinchi navbatda quyidagi toifadagi oilalar qamrab olinadi:
boquvchisini yo‘qotgan oilalar;
tarkibida I yoki II guruh nogironi bo‘lgan shaxslar mavjud oilalar;
nogironligi bo‘lgan bolani parvarishlayotgan oilalar;
gaz ta’minoti mavjud bo‘lmagan va markazlashtirilgan isitish tizimi yo‘q ko‘p qavatli uylarda yashovchi oilalar;
bir xonadonda 3 va undan ortiq oila birga yashovchi xonadonlar;
uzoq muddatli davolanishni talab etuvchi og‘ir kasallikka chalingan shaxslar bor oilalar;
o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz shaxslar, shu jumladan yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar.
Ijtimoiy himoya vazirligi ushbu toifalarga mos keladigan ehtiyojmand oilalarni joriy yilning 25-sentabr kuniga qadar “Mahalla yettiligi”ga murojaat qilishni so‘ramoqda.
Yangiliklar lentasi
0