https://oz.sputniknews.uz/20251002/ipoteka-subsidiya-ariza-52399799.html
Ipoteka subsidiyasi uchun arizalar qabul qilinishi boshlandi: kimlar olishi mumkin?
Ipoteka subsidiyasi uchun arizalar qabul qilinishi boshlandi: kimlar olishi mumkin?
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya olish uchun arizalar qabul qilinmoqda. Arizani MyGov, portal yoki davlat xizmatlari markazlari orqali topshirish mumkin.
2025-10-02T11:50+0500
2025-10-02T11:50+0500
2025-10-02T11:50+0500
o‘zbekiston
ipoteka
kredit
yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
yaidxp
migrantlar
iqtisod
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/04/09/48787383_0:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_7cce6f7f69a294074b52c9366d187324.jpg
TOShKENT, 2 okt — Sputnik. 2025-yil 21-fevraldagi PF–26-sonli prezident farmoni ijrosi doirasida ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyaga arizalar qabul qilish boshlandi. Ariza topshirish uchun o‘zingizga qulay bo‘lgan uch usuldan birini tanlashingiz mumkin:Subsidiya olishi uchun asosiy mezonlar:Ariza beruvchi va yaqin qarindoshlarining o‘rtacha daromadi quyidagi chegaralarda bo‘lishi kerak:Ijtimoiy mezonlar asosida baholangan ariza beruvchi 30 va undan yuqori ball to‘plagan bo‘lishi shart.Ariza beruvchi va uning turmush o‘rtog‘ida respublikaning barcha hududlari miqyosida mulk huquqi bilan turar joy mavjud bo‘lmasligi lozim.Ijtimoiy himoyaga muhtoj ayrim shaxslar, ya’ni:
https://oz.sputniknews.uz/20250224/ozbekiston-ipoteka-kredit-subsidiyalar-yangi-farmon-48099586.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/04/09/48787383_240:0:1680:1080_1920x0_80_0_0_6db868c1613a3ec7c0cb23323dff3d83.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ipoteka subsidiyasi, ipoteka kreditlari, ariza berish, prezident farmoni pf–26, my.gov.uz, mygov mobil ilovasi, davlat xizmatlari markazi, ijtimoiy mezonlar, daromad chegarasi, turar joy shartlari, ijtimoiy himoya, yagona darcha, ipoteka subsidiya, kredit subsidiya, beva, ajrashgan, migrant, chekka hudud,
ipoteka subsidiyasi, ipoteka kreditlari, ariza berish, prezident farmoni pf–26, my.gov.uz, mygov mobil ilovasi, davlat xizmatlari markazi, ijtimoiy mezonlar, daromad chegarasi, turar joy shartlari, ijtimoiy himoya, yagona darcha, ipoteka subsidiya, kredit subsidiya, beva, ajrashgan, migrant, chekka hudud,
Ipoteka subsidiyasi uchun arizalar qabul qilinishi boshlandi: kimlar olishi mumkin?
Ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya olish uchun ariza berish jarayoni boshlandi. Ariza beruvchi ijtimoiy mezonlardan kamida 30 ball to‘plashi va belgilangan daromad chegarasiga mos kelishi kerak
TOShKENT, 2 okt — Sputnik. 2025 yil 21-fevraldagi PF–26-sonli prezident farmoni ijrosi doirasida ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyaga arizalar qabul
qilish boshlandi.
Ariza topshirish uchun o‘zingizga qulay bo‘lgan uch usuldan birini tanlashingiz mumkin:
Davlat xizmatlari markazlari (yagona darcha)ga bevosita murojaat qilish.
my.gov.uz portali orqali elektron tarzda.
MyGov mobil ilovasi orqali.
Subsidiya olishi uchun asosiy mezonlar:
Ariza beruvchi va yaqin qarindoshlarining o‘rtacha daromadi quyidagi chegaralarda bo‘lishi kerak:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda: taxminan 3,4 million so‘mdan 10,1 million so‘mgacha (MHTEKMning 2,7 baravaridan 8 baravarigacha)
Toshkent shahrida: 3,4 million so‘mdan 11,6 million so‘mgacha (MHTEKMning 2,7 baravaridan 9,2 baravarigacha)
Ijtimoiy mezonlar asosida baholangan ariza beruvchi 30 va undan yuqori ball to‘plagan bo‘lishi shart.
Ariza beruvchi va uning turmush o‘rtog‘ida respublikaning barcha hududlari miqyosida mulk huquqi bilan turar joy mavjud bo‘lmasligi lozim.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj ayrim shaxslar, ya’ni:
"Labor-migration"da ro‘yxatdan o‘tgan mehnat migranti;
chekka hududlarda joylashgan budjet tashkilotlariga boshqa hududlardan ishlashga kelgan oliy ma’lumotli mutaxassis yoki tibbiyot xodimi;
professional ta’lim tashkilotlarining muhandislik, ishlov berish va qurilish sohalaridagi maxsus fanlar bo‘yicha dars berayotgan yoki o‘quv amaliyotini o‘tkazayotgan o‘qituvchilari va ishlab chiqarish ta’lim ustalari;
30 yoshdan oshmagan fuqarolar;
og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan ayollar tegishli ijtimoiy mezonlar asosida alohida baholanadi