Ipoteka kreditlari uchun subsidiyalar soni oshiriladi — yangi farmon

© Sputnik / Baxrom XatamovMnogoetajnie doma v Tashkente
Mnogoetajnie doma v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2025
Obuna bo‘lish
Davlat subsidiyalar uchun 2,5 trillion so‘m ajratadi.
TOShKENT, 24 fev — Sputnik. O‘zbekistonda ipoteka kreditlari bo‘yicha dastlabki badal va foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar soni 1,5 baravarga oshiriladi. Bu haqda prezident tomonidan qabul qilingan uy-joy va ipoteka bozorini yanada rivojlantirishga qaratilgan tegishli farmonda nazarda tutilgan.
“Uy-joy va ipoteka bozorini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident farmoni (qabul qilindi. Unga ko‘ra, 2025-yilda bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlash dasturining asosiy yo‘nalishlari belgilandi.
Asosiy yo‘nalishlar:
hududlarda jami 8,1 million m2dan iborat 135 ming kvartirali uy-joylarni qurish;
ipoteka kreditlari bo‘yicha dastlabki badal va foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar sonini 1,5 baravarga oshirish va mazkur maqsadlarga Davlat budjetidan 2,5 trillion so‘m yo‘naltirish;
uy-joy va ipoteka bozorini moliyaviy resurslar bilan ta’minlash uchun 20,9 trillion so‘m miqdoridagi ipoteka kreditlarini ajratish;
“Yangi O‘zbekiston” va boshqa massivlarda ko‘p kvartirali uy-joylarni barpo qilishda ishtirok etadigan qurilish tashkilotlarini aylanma mablag‘lar bilan ta’minlash uchun Davlat budjetidan 700 milliard so‘m hamda tijorat banklarining o‘z mablag‘lari hisobidan 3,0 trillion so‘m miqdoridagi mablag‘larni yo‘naltirish.
2025 yilda “Yangi O‘zbekiston” va boshqa massivlarda ko‘p kvartirali uy-joylar qurishning maqsadli ko‘rsatkichlari tasdiqlandi.
2025 yil 1-martdan “Yangi O‘zbekiston” massivlari uchun yangi hududlar urbanizatsiya tamoyillariga muvofiq tanlanadi. Yerni ko‘p kvartirali uy-joy qurish uchun ijaraga olgan yuridik shaxslar yer solig‘ini to‘lashdan ozod qilinadi.
2025 yil 1-maydan “Yangi O‘zbekiston” massivlarini barpo etish doirasida quyidagi tartib o‘rnatiladi:
yer uchastkalarini ko‘p kvartirali uy-joylar qurish uchun ijaraga berish bo‘yicha auksion savdolarida qatnashish, ularni qurish va realizatsiya qilishga faqat QQSni to‘lovchi yuridik shaxslarga ruxsat etiladi;
yer uchastkalarini ko‘p kvartirali uy-joylar qurish uchun ijaraga berish bo‘yicha auksion savdolari ofertasida loyiha oldi hujjatlari tayyorlashga 15 kunlik, loyiha ishlarini bajarishga 2 oylik va qurilish ishlarini boshlashga 3 oylik muddat belgilanadi, shuningdek, unda qurilishni yakunlash va obyektni foydalanishga qabul qilish muddatlari ko‘rsatiladi;
auksion savdolarida yer uchastkasini ko‘p kvartirali uy-joy qurish uchun ijaraga olgan yuridik shaxslar ijaraga olgan paytdan boshlab 12 oy davomida ushbu yer uchastkasi bo‘yicha yer solig‘ini to‘lashdan ozod qilinadi.
Shuningdek, 1-martdan “Yangi O‘zbekiston” massivlarida ko‘p kvartirali uy-joylar qurilishini amalga oshiruvchi qurilish tashkilotlariga aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun 12 oylik imtiyozli davr bilan 24 oy muddatga Markaziy bankning asosiy stavkasidan ko‘pi bilan 2 foiz bandga yuqori stavkada kreditlar ajratiladi.
Buzilayotgan turar va noturar joy obyektining bozor qiymati to‘liq qoplab beriladi.
Farmonga ko‘ra, 2025-yil 1-maydan:
qurilishni boshlashdan foydalanishga ruxsatnoma berishga qadar bo‘lgan jarayonlar to‘liq onlayn rejimida “Shaffof qurilish” tizimida amalga oshiriladi;
qurilishi tugallangan ko‘p kvartirali uy-joydan foydalanishga ruxsatnoma berishda faqat Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi, hamda davlat yong‘in nazorati organlaridan xulosa olinadi.
Inspeksiyada ro‘yxatdan o‘tgan va u tomonidan nazorat qilinadigan ko‘p kvartirali uy-joylarni foydalanishga ruxsatnoma berishdan oldin instrumental-texnik tekshiruvdan o‘tkazish amaliyoti bekor qilinadi.
2025 yil 1-martdan renovatsiya asosida ko‘p kvartirali uy-joylarni barpo etish tartibi joriy etiladi.
Tartib:
renovatsiya loyihasini boshlashga barcha mulkdorlar bilan notarial tasdiqlangan kelishuv bitimi imzolanganidan so‘ng ruxsat beriladi;
mulkdorlarga, ularning xohishiga ko‘ra, quyidagi kompensatsiya turlaridan biri taqdim etiladi:
buzilayotgan turarjoy obyektlari o‘rniga ularning maydonidan kam bo‘lmagan renovatsiya dasturiga muvofiq yangi quriladigan turarjoylardan yashash uchun tayyor holdagi kvartiralarni mulk huquqi asosida berish hamda qurilish davrida ko‘chish, shu jumladan, boshqa turarjoy obyektini vaqtinchalik ijaraga olish bilan bog‘liq xarajatlarni to‘liq qoplash;
buzilayotgan turar va noturar joy obyektining bozor qiymatini to‘liq qoplab berish.
Shuningdek, renovatsiya loyihasi tashabbuskori bilan kelishilgan holda boshqa turdagi kompensatsiya taqdim etiladi.
Yangiliklar lentasi
0