https://oz.sputniknews.uz/20251001/songgi-on-yilda-ozbekistonda-oqituvchilar-soni-43-foizga-oshgan-52384289.html
O‘zbekistonda so‘nggi o‘n yilda o‘qituvchilar soni 43 foiz oshdi
O‘zbekistonda so‘nggi o‘n yilda o‘qituvchilar soni 43 foiz oshdi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda o‘qituvchilarning aksariyatini ayollar tashkil etadi. 01.10.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-10-01T14:25+0500
2025-10-01T14:25+0500
2025-10-01T14:28+0500
o‘zbekiston
o‘qituvchilar
bayram
kasb bayram
milliy statistika qo‘mitasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/09/1e/45915049_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_f1beddadc31792a86a5583e9beddbe35.jpg
TOShKENT, 1 okt — Sputnik. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024/2025 o‘quv yili boshiga umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilar soni 564,9 ming nafarni tashkil etgan.Shuningdek, o‘qituvchilarning 71 foizi yoki 401,3 ming nafarini ayollar, 29 foizi 163,6 ming nafarini erkaklar tashkil etadi.Yillar mobaynida o‘qituvchilar soni oshishi:O‘zbekistonda so‘nggi 5-yilda maktablar soni 6,5 foizga oshib 10 750 tani tashkil etgani haqida oldinroq xabar bergan edik.
https://oz.sputniknews.uz/20240404/songgi-5-yilda-maktablar-soni-qancha-oshdi-43296969.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/09/1e/45915049_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_79309ec6b7bbd37bb633ac26fa3fa55d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, o‘qituvchilar, bayram, kasb bayram, milliy statistika qo‘mitasi
o‘zbekiston, o‘qituvchilar, bayram, kasb bayram, milliy statistika qo‘mitasi
O‘zbekistonda so‘nggi o‘n yilda o‘qituvchilar soni 43 foiz oshdi
14:25 01.10.2025 (yangilandi: 14:28 01.10.2025) O‘zbekistonda o‘qituvchilarning aksariyatini ayollar tashkil etadi.
TOShKENT, 1 okt — Sputnik. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024/2025 o‘quv yili boshiga umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilar soni 564,9 ming nafarni tashkil etgan.
Bu ko‘rsatkich 2015/2016 o‘quv yili boshiga nisbatan taqqoslaganda 170,9 ming nafarga yoki 43,4 % ga ko‘p.
Shuningdek, o‘qituvchilarning 71 foizi yoki 401,3 ming nafarini ayollar, 29 foizi 163,6 ming nafarini erkaklar tashkil etadi.
Yillar mobaynida o‘qituvchilar soni oshishi:
2015/2016 o‘quv yili boshiga - 385 ming nafar;
2016/2017 o‘quv yili boshiga - 390,6 ming nafar;
2017/2018 o‘quv yili boshiga - 409,4 ming nafar;
2018/2019 o‘quv yili boshiga - 444,2 ming nafar;
2019/2020 o‘quv yili boshiga - 486,6 ming nafar;
2020/2021 o‘quv yili boshiga - 508 ming nafar;
2021/2022 o‘quv yili boshiga - 510 ming nafar;
2022/2023 o‘quv yili boshiga - 521,6 ming nafar;
2023/2024 o‘quv yili boshiga - 547,8 ming nafar;
2024/2025 o‘quv yili boshiga - 564,9 ming nafarni tashkil etgan.
O‘zbekistonda so‘nggi 5-yilda maktablar soni 6,5 foizga oshib 10 750 tani tashkil etgani haqida oldinroq xabar bergan edik.