Sputnik Uzbekistan v Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.04.2024
Matbuot markazi
Sputnik O‘zbekiston matbuot markazi “Rossiya segodnya” xalqaro media guruhi tarkibiga kiradi. Matbuot-markazi raqami: +99897 190 71 78

Markaziy Osiyoda suv va energetika sohasida hamkorlik — anons

© Sputnik / Mediabankka o‘tishGidroelektrostansii v Kirgizstane
Gidroelektrostansii v Kirgizstane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.10.2025
Obuna bo‘lish
Anjumanda suv-energetika resurslari sohasidagi hamkorlik, dolzarb muammolari va yangi istiqbol va yo‘nalishlar muhokama qilinadi.
TOShKENT, 1 okt — Sputnik. Markaziy Osiyo davlatlarining suv va energetika sohasida hamkorligi mavzusida Toshkent-Ostona videokonferensiya bo‘lib o‘tadi.
Anjuman Sputnik matbuot markazida 2025-yil 2-oktabr Toshkent vaqti bilan 14:00 da boshlanadi. Unda quyidagi mutaxassislar ishtirok etadi.
Toshkentdan:
Andrey PETROV, O‘zbekiston Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti direktori o‘rinbosari;
O‘tkur TOJIYeV, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Energetika muammolari instituti yetakchi ilmiy xodimi.
Ostonadan:
Doniyor SAGADIYeV, Qozog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi va irrigatsiya vazirligi vakili.
2025 yil sentabr oyida Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasida suv-energetika sohasida hamkorlik bo‘yicha muhim protokol imzolangan edi. Hujjat tomonlarning mintaqada 2026-yilgacha suv-energetika balansini shakllantirish bo‘yicha kelishuvlarini rasmiylashtiradi.
Anjumanda muhokama qilinadigan mavzular
Bugungi kunda suv-energetika resurslari sohasidagi hamkorlik qanday tuzilgan, mintaqaning dolzarb muammolari va ehtiyojlarini hisobga olgan holda qanday yangi istiqbol va yo‘nalishlar ochilmoqda?

Anjumanga jurnalistlar taklif etiladi
Ro‘yxatdan o‘tish uchun:
+998971907178
️ Telegram: @alisherakimbaev
Elektron pochta: a.akimbaev@sputniknews.com
Matbuot markazi produseri - Alisher Akimbayev.
Yangiliklar lentasi
0