Toshkentda Oilani himoya qilish deklaratsiyasi imzolandi

© SputnikMejdunarodnaya konferensiya po semye
Mejdunarodnaya konferensiya po semye - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.09.2025
Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Toshkentda an’anaviy oilaviy qadriyatlar va sun’iy intellekt rivojlanishi mavzusida xalqaro anjuman o‘tdi. Tadbir yakunlarida Oilani himoya qilish to‘g‘risidagi xalqaro deklaratsiya imzolandi
TOShKENT, 30 sen – Sputnik. Toshkentda "Oila va tinchlik. Axborot asrida va sun’iy intellekt rivojlanishida an’anaviy oilaviy qadriyatlar" mavzusida xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Anjuman tashkilotchilari - Toshkent va O‘zbekiston yeparxiyasi, Rossotrudnichestvoning O‘zbekistondagi vakolatxonasi va "Pravoslav ayollar ittifoqi" xalqaro jamoat tashkiloti.
Tadbirni Toshkent va O‘zbekiston mitropoliti Vikentiy ochib berdi. Uning ta’kidlashicha, oila axloq va ma’naviyat g‘oyalari, umuminsoniy qadriyatlar tarbiyalanadigan zamindagi hayot farovonligining asosidir.
© SputnikMejdunarodnaya konferensiya po semye
Mejdunarodnaya konferensiya po semye - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.09.2025
Mejdunarodnaya konferensiya po semye
Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi elchisi Aleksey Yerxov an’anaviy oilaviy qadriyatlar masalasiga to‘xtaldi. Uning ta’kidlashicha, oiladan hamma narsa - insonning ham jismoniy, ham ma’naviy shakllanishi boshlanadi.

"Zamonaviy jamiyatda oilaviy qadriyatlar ma’lum o‘zgarishlarga uchramoqda va afsuski, bu har doim ham yaxshi tomonga emas. Bugungi kunda ro‘y berayotgan ijtimoiy-siyosiy voqealar uzoq yillar davomida shakllangan ma’naviy-axloqiy qadriyatlar va yo‘l-yo‘riqlarni o‘zgartirish, ularning chegaralarini yo‘q qilish xavfini tug‘dirmoqda. Ta’kidlash joizki, an’anaviy oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash masalasi alohida o‘rin tutadi. Oilada avlodlarning uzluksiz almashinuvi ta’minlanadi va oila milliy o‘zlikni anglashni shakllantirish sharti bo‘lib xizmat qiladi", - dedi u.

© SputnikMejdunarodnaya konferensiya po semye
Mejdunarodnaya konferensiya po semye - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.09.2025
Mejdunarodnaya konferensiya po semye
Belarus elchisi Aleksandr Ogorodnikov oila maqomini mustahkamlash Belarus Konstitutsiyasi, mamlakatni rivojlantirish strategiyasi, asosiy va dasturiy hujjatlarida belgilangan ustuvor yo‘nalishlardan biri ekanligini ta’kidladi.

"Bizda yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlaydigan va oila bir farzandli bo‘lmasligi uchun rag‘batlantiradigan iqtisodiy imtiyozlar to‘plami mavjud va bu borada O‘zbekistonning namunasi biz uchun ibratlidir", - dedi u.

Toshkent shahar hokimining oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Shahnoza Sultonova O‘zbekistonda og‘ir turmush sharoitiga tushib qolgan va ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar bilan qaysi tashkilotlar ish olib borayotgani haqida qisqa ma’ruza qildi.
Tadbir davomida boshqa nutq va ma’ruzalar tinglandi va Oilani himoya qilish xalqaro deklaratsiyasi imzolandi.
"Biz oilani qo‘llab-quvvatlash, ularga maslahat berish, bolalar huquqlarini ta’minlash uchun materiallar ishlab chiqamiz. Bu materiallar nafaqat mutaxassislar, balki ota-onalar va bolalar uchun ham mo‘ljallangan," - dedi Bolalarni ijtimoiy moslashtirish respublika markazi direktori Vasila Alimova.
Shuningdek, u oilani himoya qilish to‘g‘risidagi Xalqaro deklaratsiyaga qo‘shilish hujjatini imzoladi.
Deklaratsiya ochiqligicha qoladi va unga kelgusida tashkilotlar hamda jamg‘armalar qo‘shilishi mumkin bo‘ladi.
Molodoj Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.08.2025
O‘zbekistonda eng katta va eng kichik oilalar qaysi viloyatlarda?
Yangiliklar lentasi
0