O‘qituvchi va murabbiylikni obro‘li kasbga aylantirish ishlarimizni davom ettiramiz – Mirziyoyev

© telegram sputnikuzbekistan / Mediabankka o‘tishShavkat Mirziyoyev vruchil radu predstaviteley razlichnix sfer gosudarstvennie nagradi
Shavkat Mirziyoyev vruchil radu predstaviteley razlichnix sfer gosudarstvennie nagradi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.09.2025
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston rahbarining so‘zlariga ko‘ra, davlat o‘qituvchi va ustozlik kasbining maqomi va nufuzini oshirishga hal qiluvchi masala sifatida qaramoqda.
TOShKENT, 30 sen – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bayram munosabati bilan o‘qituvchi va murabbiylarga tabrik yo‘lladi.
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda qisqa muddatda bog‘chalar soni 5200 tadan 38 mingtaga, qamrov darajasi 27 foizdan 78 foizga oshgan, tarbiyachilar maoshi maktab o‘qituvchilari oyligiga tenglashtirilgan, ushbu muassasalardagi rahbar va pedagoglar maoshi qariyb 2 barobar oshirilgan. Oliygohlarda dars beradigan o‘qituvchilarning ham oyligi sezilarli darajada oshirildi.
Kelgusi yildan Qoraqalpog‘iston va barcha viloyatlarda Prezident maktablari kabi “Yangi avlod” bog‘chalari tashkil etilib, ularda tarbiyachilar ilg‘or pedagogik texnologiyalarni o‘rganadi.
Yangi o‘quv yilidan 12-yillik maktab ta’limi hamda 9- va 11-sinf o‘quvchilari uchun yagona davlat imtihonlari joriy qilinib, ularning natijalari bo‘yicha bitiruvchilar bevosita texnikum va oliygohlarga kira oladigan tartib yo‘lga qo‘yiladi.
“Hammamizga ayonki, kelajak – zamonaviy bilim bilan qurollangan kasb-hunar egalarinikidir. Biz bu haqiqatni hech qachon unutmasligimiz lozim. Shu bois yoshlarimizni davr bilan hamnafas bo‘lib, har qanday raqobatga bardosh bera oladigan yetuk mutaxassislar etib tarbiyalashimiz kerak”, - deyiladi tabrikda.
Umuman, kelgusi yildan yangi, raqamli ochiq platforma ishga tushirilib, unda texnikum bitiruvchilarining kasbiy ko‘nikmalari haqidagi ma’lumotlar mahalliy va xorijiy ish beruvchilar uchun e’lon qilinadi.
“Biz o‘qituvchi va ustozlik kasbining maqomi va nufuzini oshirishga hal qiluvchi masala sifatida qaramoqdamiz. Shu bois soha xodimlarining mehnat va yashash sharoitini yaxshilash islohotlarimizning eng ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qoladi. Jumladan, yangi yildan boshlab kamida 15-yil stajga ega bo‘lgan oliy toifali pedagoglarga ipoteka krediti boshlang‘ich badalining 25 foizi qoplab beriladi”, - dedi Mirziyoyev.
Kelgusi o‘quv yilida davlat oliygohlariga o‘qishga kirgan pedagoglar farzandlarining kontrakt summasiga 30 foiz chegirma joriy etilishi mo‘ljallanmoqda.
O‘qituvchilarning zamonaviy kompyuter texnikalarini xarid qilishlari uchun 10 million so‘mgacha imtiyozli kredit ajratiladi. Yangi yildan soha xodimlari uchun davlat xizmatlari to‘lovi ikki karra kamaytiriladi. Dunyodagi top-300 talik oliygohlarga o‘qishga kirgan bo‘lg‘usi pedagoglarga 20 ming dollargacha imtiyozli ta’lim krediti ajratiladi.
“Muxtasar aytganda, o‘qituvchi va murabbiylik kasbini jamiyatimizdagi eng muhim va obro‘li kasbga aylantirish bo‘yicha boshlagan ishlarimiz izchil davom ettiriladi”, - deyiladi prezident tabrigida.
O‘zbekistonda 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar bayrami nishonlanadi va dam olish kuni sanaladi.
Prezident obyavil o novix initsiativax, napravlennix na pedagogov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.09.2025
Prezident pedagoglarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi tashabbuslarni e’lon qildi
Yangiliklar lentasi
0