https://oz.sputniknews.uz/20250915/prezident-pedagog-qollash-tashabbus-51976498.html
Prezident pedagoglarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi tashabbuslarni e’lon qildi
Prezident pedagoglarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi tashabbuslarni e’lon qildi
Sputnik O‘zbekiston
Prezident Mirziyoyev o‘qituvchilarni qo‘llab-quvvatlashga oid yangi tashabbuslarni e’lon qildi
2025-09-15T16:03+0500
2025-09-15T16:03+0500
2025-09-15T16:03+0500
o‘qituvchilar
murabbiy
prezident
shavkat mirziyoyev
o‘zbekiston
ta’lim
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/0f/51976215_0:27:1280:747_1920x0_80_0_0_0ceea7bd9d75b2ec44b4be38630af854.jpg
TOShKENT, 15 sen — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida soha xodimlari bilan muloqot o‘tkazdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.Uchrashuvda davlat rahbari pedagoglarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi tashabbuslarni ilgari surdi.
https://oz.sputniknews.uz/20250915/ozbekiston-yagona-davlat-imtihonlari-51974379.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/0f/51976215_143:0:1280:853_1920x0_80_0_0_e1ea5ca853e611603116c36957d97c15.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
prezident mirziyoyev tashabbuslari, o‘qituvchilar kuni 2025, pedagoglarga imtiyozlar, o‘qituvchilar ipoteka krediti, pedagoglar farzandlari uchun kontrakt chegirmasi, kompyuter uchun imtiyozli kredit, o‘qituvchilar uchun davlat xizmatlari to‘lovi, milliy sertifikat pedagoglar, pedagoglar malaka toifasi, top oliygohlarga kirgan pedagoglar imtiyozlari
prezident mirziyoyev tashabbuslari, o‘qituvchilar kuni 2025, pedagoglarga imtiyozlar, o‘qituvchilar ipoteka krediti, pedagoglar farzandlari uchun kontrakt chegirmasi, kompyuter uchun imtiyozli kredit, o‘qituvchilar uchun davlat xizmatlari to‘lovi, milliy sertifikat pedagoglar, pedagoglar malaka toifasi, top oliygohlarga kirgan pedagoglar imtiyozlari
Prezident pedagoglarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi tashabbuslarni e’lon qildi
Farzandlarining kontrakt summasiga 30 foiz chegirma berilishi, kompyuter xaridiga 10 million so‘mgacha imtiyozli kredit va boshqa tashabbuslar
TOShKENT, 15 sen — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida soha xodimlari bilan muloqot o‘tkazdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar berdi.
Uchrashuvda davlat rahbari pedagoglarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi tashabbuslarni ilgari surdi.
yangi yildan boshlab kamida 15-yil stajga ega bo‘lgan oliy toifali pedagoglarga ipoteka krediti boshlang‘ich badalining 25 foizi qoplab beriladi;
kelgusi o‘quv yilida davlat oliygohlariga o‘qishga kirgan pedagoglar farzandlarining kontrakt summasiga 30 foiz chegirma beriladi;
o‘qituvchilar yangi ta’lim texnologiyalarini keng qo‘llashi uchun kompyuter xaridiga 10 million so‘mgacha imtiyozli kredit ajratiladi;
kelasi yildan pedagoglar uchun davlat xizmatlari to‘lovi 2 karra kamaytiriladi;
fan o‘qituvchilari kabi boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari uchun ham milliy sertifikat berish tizimi joriy qilinadi. Sertifikat olganlarga har oyda 15 foiz ustama to‘lanadi;
bakalavr bosqichini imtiyozli diplom bilan bitirib, maktabga ishga kirganlarga avtomatik ravishda 2-malaka toifasi, magistrlarga esa 1-malaka toifasi beriladi;
dunyodagi TOP-300 talik oliygohlarga o‘qishga kirgan pedagoglarga 20 ming dollargacha imtiyozli ta’lim krediti ajratiladi;
reytingda 100 talikka kirgan maktab va bog‘cha, 20 talikdagi texnikum, TOP-10 ta oliygoh pedagoglariga yiliga bir marta O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilish uchun samolyot va poyezdlar chipta narxlariga 15-20 foiz chegirma beriladi.