https://oz.sputniknews.uz/20250930/investitsiya-vazirlik-xorij-kompaniyalar-uchrashuv-52369407.html
Investitsiyalar vazirligi yirik xorijiy kompaniyalar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi
Investitsiyalar vazirligi yirik xorijiy kompaniyalar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi
Sputnik O‘zbekiston
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi rahbariyati yirik xorijiy kompaniyalar bilan uchrashib, qo‘shma loyihalar, investitsiya imkoniyatlari va hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi
2025-09-30T17:41+0500
2025-09-30T17:41+0500
2025-09-30T17:41+0500
o‘zbekiston
iqtisod
investitsiya
uchrashuv
turizm
energetika
loyiha
vyetnam
hamkorlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/1e/52368241_0:56:1280:776_1920x0_80_0_0_71e9477b9585a5c68c7c8be794f99870.jpg
TOShKENT, 30 sen – Sputnik. Jahon xalqaro moliya markazlari alyansining yillik yig‘ilishi doirasida Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov biznes-forumlarda ishtirok etdi hamda alyansga a’zo davlatlar rasmiylari, yirik kompaniya va moliyaviy institutlar rahbarlari bilan qator uchrashuv va muzokaralar o‘tkazdi.Tashrif doirasida "Deutsche Bank" va "Frankfurt Main Finance" rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazildi. "Frankfurt Main Finance" bilan hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi, u moliya sektorini rivojlantirish va institutsional hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan.Shuningdek, Vyetnam bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Nguyen Xoa Binx bilan ikki tomonlama uchrashuvda iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.Tashrifning muhim tadbirlaridan biri "Commerzbank" bilan "Growth Partner Uzbekistan — Strategy, Projects, Performance" biznes-forumi bo‘lib, unda ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari va samarali loyiha moliyalashtirish mexanizmlari asosidagi yangi tashabbuslar ko‘rib chiqildi.Bundan tashqari, Toshkentda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazir o‘rinbosari Ilzat Kasimovning "Avolta AG" kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Delegatsiyaga Shimoliy Osiyo bo‘yicha biznesni rivojlantirish direktori janob Alan Chen Zunxi rahbarlik qildi."Avolta AG" — sayohatchilar uchun chakana savdo (travel retail) va umumiy ovqatlanish (F&B) xizmatlari sohasida dunyodagi eng yirik operator. Kompaniya 73 tadan ortiq mamlakatda faoliyat yuritib, 5 100 tadan ziyod savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarini boshqaradi."Avolta AG" bilan hamkorlik yo‘lovchilarga zamonaviy xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini rivojlantirish, ilg‘or xalqaro tajriba va investitsiyalarni jalb etish imkonini beradi.
https://oz.sputniknews.uz/20250807/laziz-kudratov-avaza-uchrashuvlar-51094084.html
o‘zbekiston
vyetnam
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/1e/52368241_0:0:1280:960_1920x0_80_0_0_1c207f413dda66e3eb7d05e29eafeea2.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston investitsiyalar, investitsiyalar vazirligi, sanoat va savdo vazirligi, yirik xorijiy kompaniyalar, qo‘shma loyihalar, investitsiya imkoniyatlari, xalqaro hamkorlik, biznes forum, muzokaralar, investorlar, deutsche bank, frankfurt main finance, franklin templeton, commerzbank, avolta ag
o‘zbekiston investitsiyalar, investitsiyalar vazirligi, sanoat va savdo vazirligi, yirik xorijiy kompaniyalar, qo‘shma loyihalar, investitsiya imkoniyatlari, xalqaro hamkorlik, biznes forum, muzokaralar, investorlar, deutsche bank, frankfurt main finance, franklin templeton, commerzbank, avolta ag
Investitsiyalar vazirligi yirik xorijiy kompaniyalar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi rahbariyati "Deutsche Bank", "Frankfurt Main Finance", "Franklin Templeton", "Commerzbank" va "Avolta AG" kabi yirik xalqaro kompaniyalar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi
TOShKENT, 30 sen – Sputnik. Jahon xalqaro moliya markazlari alyansining yillik yig‘ilishi doirasida Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov biznes-forumlarda ishtirok etdi hamda alyansga a’zo davlatlar rasmiylari, yirik kompaniya va moliyaviy institutlar rahbarlari bilan qator uchrashuv va
muzokaralar o‘tkazdi.
Tashrif doirasida "Deutsche Bank" va "Frankfurt Main Finance" rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazildi. "Frankfurt Main Finance" bilan hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi, u moliya sektorini rivojlantirish va institutsional hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan.
Shuningdek, Vyetnam bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Nguyen Xoa Binx bilan ikki tomonlama uchrashuvda iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Alohida e’tibor "Franklin Templeton" bilan "Uzbekistan National Investment Fund" forumi doirasida yirik qo‘shma loyihalarni moliyalashtirish masalalariga qaratildi. Shuningdek, energetika, infratuzilma, kommunikatsiyalar, moliya, shaharsozlik va sanoat ishlab chiqarishi sohalarida faoliyat yurituvchi yirik kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Tashrifning muhim tadbirlaridan biri "Commerzbank" bilan "Growth Partner Uzbekistan — Strategy, Projects, Performance" biznes-forumi bo‘lib, unda ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari va samarali loyiha moliyalashtirish mexanizmlari asosidagi yangi tashabbuslar ko‘rib chiqildi.
Bundan tashqari, Toshkentda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazir o‘rinbosari Ilzat Kasimovning "Avolta AG" kompaniyasi delegatsiyasi bilan
uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Delegatsiyaga Shimoliy Osiyo bo‘yicha biznesni rivojlantirish direktori janob Alan Chen Zunxi rahbarlik qildi.
"Avolta AG" — sayohatchilar uchun chakana savdo (travel retail) va umumiy ovqatlanish (F&B) xizmatlari sohasida dunyodagi eng yirik operator. Kompaniya 73 tadan ortiq mamlakatda faoliyat yuritib, 5 100 tadan ziyod savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarini boshqaradi.
Muzokaralar davomida xorijiy hamkorlarga O‘zbekistondagi qulay investitsiya muhiti, investorlar uchun soliq va bojxona imtiyozlari haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, mamlakat hududiy aeroportlarida duty free, travel retail va F&B zonalarini rivojlantirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
"Avolta AG" bilan hamkorlik yo‘lovchilarga zamonaviy xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini rivojlantirish, ilg‘or xalqaro tajriba va investitsiyalarni jalb etish imkonini beradi.