Laziz Kudratov Avazada uchrashuvlar o‘tkazdi — muhokama qilingan masalalar

© Ministerstva investitsiy, industrii i torgovli Respubliki UzbekistanGlava MIPT Laziz Kudratov provol rad vstrech v Avaze
Glava MIPT Laziz Kudratov provol rad vstrech v Avaze - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.08.2025
Obuna bo‘lish
Avazada O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Turkmaniston va BMTning UNIDO hamda UNECE vakillari bilan savdo, logistika va qo‘shma loyihalar bo‘yicha uchrashuvlar o‘tkazdi
TOShKENT, 7 avg – Sputnik. 5-6 avgust kunlari Turkmanistonning Avaza shahrida dengizga chiqishi bo‘lmagan rivojlanayotgan davlatlar bo‘yicha BMTning Uchinchi konferensiyasi doirasida O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Turkmaniston hukumati vakillari va xalqaro tashkilotlar rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Xususan, Turkmaniston savdo va tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri Nazar Agahanov, Sanoat va qurilish vaziri Toyguli Nurov, BMTning Sanoatni rivojlantirish tashkiloti (UNIDO) bosh direktorining o‘rinbosari Fatu Xaydara va BMTning Yevropa Iqtisodiy Komissiyasi (UNECE) ijrochi kotibining o‘rinbosari Dmitriy Maryasin bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
© Ministerstva investitsiy, industrii i torgovli Respubliki UzbekistanGlava MIPT Laziz Kudratov provol rad vstrech v Avaze
Glava MIPT Laziz Kudratov provol rad vstrech v Avaze - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.08.2025
Glava MIPT Laziz Kudratov provol rad vstrech v Avaze
Savdo-iqtisodiy va transport-logistika sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish, sanoat kooperatsiyasini kengaytirish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari diqqat markazida bo‘ldi.
Turkmaniston tomoni bilan Chegaraoldi savdo zonasining (Shovot - Toshhovuz) faoliyat yuritishi to‘g‘risidagi shartnomani imzolash va uni tez orada ishga tushirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Shuningdek, o‘zaro savdo hajmini 2 milliard dollargacha yetkazish bo‘yicha qo‘shma tadbirlar rejasini tasdiqlash masalasi kelishib olindi.
© Ministerstva investitsiy, industrii i torgovli Respubliki UzbekistanGlava MIPT Laziz Kudratov provol rad vstrech v Avaze
Glava MIPT Laziz Kudratov provol rad vstrech v Avaze - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.08.2025
Glava MIPT Laziz Kudratov provol rad vstrech v Avaze
Ma’lumot uchun, 2024-yilda tovar ayirboshlash hajmi 1,15 milliard dollarni, 2025-yilning birinchi yarmida esa taxminan 500 million dollarni tashkil etdi.
UNIDO bilan sanoat, infratuzilmani modernizatsiya qilish, energiya samarador texnologiyalarni joriy etish, inson kapitalini rivojlantirish sohalaridagi tashabbuslarni o‘z ichiga olgan Qo‘shma Hamkorlik Dasturini tasdiqlash bo‘yicha kelishuvga erishildi.
UNECE bilan Markaziy Osiyo iqtisodiyotlari uchun maxsus dastur (SPECA) doirasida hamkorlikni kengaytirish, yashil iqtisodiyot, innovatsiyalar, logistika, aqlli qishloq xo‘jaligi va boshqa yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi
Laziz Kudratov provol vstrechu s ispolnitelnim predsedatelem katarskoy kompanii Protocol Capital Group Axmadom Abdulloy Al-Djufayri - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.08.2025
Laziz Kudratov qatarlik investorlar bilan uchrashdi — nimalarga kelishib olindi?
Yangiliklar lentasi
0