Toshkent viloyatida bolalar ommaviy zaharlanishi yuzasidan maxsus ishchi guruh tuzildi

© Press-slujba Generalnoy prokuraturi UzbekistanaGeneralnaya prokuratura Uzbekistana
Generalnaya prokuratura Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.09.2025
Obuna bo‘lish
Tergov ishi sinchkovlik bilan, to‘la va sifatli o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida jinoyat ishini Bosh prokuratura nazoratga olgan.
TOShKENT, 29 sen – Sputnik. Toshkent viloyatidagi bog‘chalarda bolalar ommaviy zaharlanishi holati yuzasidan Bosh prokuratura tomonidan maxsus ishchi guruh tuzildi.
Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, ushbu holat yuzasidan bir nechta autsorsing xizmatini ko‘rsatuvchi xususiy korxonalar mas’ul shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 257-1-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozir dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Tergov ishi sinchkovlik bilan, to‘la va sifatli o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida jinoyat ishi Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olindi hamda Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari B.Valiyev rahbarligida maxsus ishchi guruh tuzildi”, - deyilgan xabarda.
Tergov davomida ushbu autsorsing korxonalar tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilgan barcha maktabgacha ta’lim muassasalaridagi tarbiyalanuvchilar to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi, tashxis-davolash ishlari tashkil etildi.
Ta’kidlanishcha, hozir tibbiy yordam ko‘rsatilgan bolalar orasida og‘ir va o‘ta og‘ir darajada kasallanganlar mavjud emas, vaziyat shifokorlarning to‘liq nazoratida.
Shuningdek, yuqoridagi kabi holatlar takrorlanishini oldini olish maqsadida prokuratura organlari barcha davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga autsorsing shartnomasi asosida oziq-ovqat mahsulotlari yetkazilib berilishi ahvoli yuzasidan o‘rganish ishlarini tashkil qilgan.
24 sentabr kuni Toshkent viloyatining Piskent, Bo‘ka, Bekobod, Quyichirchiq va Oqqo‘rg‘on tumanlarida maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining zaharlanish holatlari aniqlandi. Sanitar-epidemiologiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Nurmat Atabekovning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda kasalxonalarda davolanayotgan bolalar soni 182 nafargacha qisqargan. Avvalroq qayd etilgan 13 nafar bolaning o‘rtacha og‘irlikdagi ahvoli esa to‘liq yaxshilangan.
Atabek Nurmatov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.09.2025
Toshkent viloyatida ovqatdan zaharlangan bolalar ahvoli haqida ma’lumot berildi
Yangiliklar lentasi
0