https://oz.sputniknews.uz/20250928/yopiq-sud-majlisi-malumotlar-52323563.html
Yopiq sud majlisi ma’lumotlarini oshkor qilganlar javobgarlikka tortiladi
Yopiq sud majlisi ma’lumotlarini oshkor qilganlar javobgarlikka tortiladi
Sputnik O‘zbekiston
Yangi qonunga ko‘ra, bu uchun 18,75 mln so‘mgacha jarima yoki 3-yilgacha qamoq ko‘zda tutilgan. 28.09.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-09-28T17:00+0500
2025-09-28T17:00+0500
2025-09-28T17:00+0500
jamiyat
o‘zbekiston
sud
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/02/1c/48162729_0:47:800:497_1920x0_80_0_0_6d0b5871f57485d217c99af98795abab.png
TOShKENT, 28 sen – Sputnik. O‘zbekistonda yopiq sud majlislari ma’lumotlarini oshkor qilganlik uchun javobgarlik joriy etildi. 26-sentabrdagi qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.Kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, ishni yopiq sud majlisida ko‘rish uchun asoslar mavjud bo‘lganda sud ishni yopiq sud majlisida ko‘rish to‘g‘risida ajrim chiqaradi.Ajrim chiqarilganda yopiq sud majlisida ishtirok etayotgan shaxslar sud muhokamasi ma’lumotlarini sudning ruxsatisiz oshkor qilmaslik to‘g‘risida ogohlantirilib, ulardan tilxat olinadi.Tilxatda mazkur majburiyatni buzganlik uchun Jinoyat kodeksining 239-moddasiga muvofiq javobgarlik haqidagi ogohlantirish ham aks ettiriladi.Bu moddada surishtiruv yoki dastlabki tergov ma’lumotlarini surishtiruvchi, tergovchi yoki prokurorning ruxsatisiz oshkor qilganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha miqdorda jarima yoki 3-yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 1-yildan 3-yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi ko‘zda tutilgan.Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
https://oz.sputniknews.uz/20250825/sud-suniy-intellekt-fuqaro-foyda-51486061.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/02/1c/48162729_38:0:763:544_1920x0_80_0_0_27e3b08413eb20fbe481fbef2723e2a7.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, sud
jamiyat, o‘zbekiston, sud
Yopiq sud majlisi ma’lumotlarini oshkor qilganlar javobgarlikka tortiladi
Yangi qonunga ko‘ra, bu uchun 18,75 mln so‘mgacha jarima yoki 3-yilgacha qamoq ko‘zda tutilgan.
TOShKENT, 28 sen – Sputnik. O‘zbekistonda yopiq sud majlislari ma’lumotlarini oshkor qilganlik uchun javobgarlik joriy etildi. 26-sentabrdagi qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar
kiritildi. Qonun bilan kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, yopiq sud majlisi muhokamasi ma’lumot hamda tafsilotlarini sudning ruxsatisiz oshkor qilmaslik majburiyati yuklatilgan shaxs tomonidan ularni oshkor qilganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilandi.
Kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, ishni yopiq sud majlisida ko‘rish uchun asoslar mavjud bo‘lganda sud ishni yopiq sud majlisida ko‘rish to‘g‘risida ajrim chiqaradi.
Ajrim chiqarilganda yopiq sud majlisida ishtirok etayotgan shaxslar sud muhokamasi ma’lumotlarini sudning ruxsatisiz oshkor qilmaslik to‘g‘risida ogohlantirilib, ulardan tilxat olinadi.
Tilxatda mazkur majburiyatni buzganlik uchun Jinoyat kodeksining 239-moddasiga muvofiq javobgarlik haqidagi ogohlantirish ham aks ettiriladi.
Bu moddada surishtiruv yoki dastlabki tergov ma’lumotlarini surishtiruvchi, tergovchi yoki prokurorning ruxsatisiz oshkor qilganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha miqdorda jarima yoki 3-yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 1-yildan 3-yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi
ko‘zda tutilgan.Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.