Lavrov BMTda nutq so‘zladi: asosiy bayonotlar

© Sputnik / Sergey Guneyev
/ Obuna bo‘lish
Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘z chiqishida Rossiya xavfsizligi, Ukraina, Yaqin Sharq mojarosiga to‘xtatib o‘tdi.
TOShKENT, 28 sen – Sputnik. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh Assambleyasining 80-yubiley sessiyasi umumsiyosiy munozaralarida nutq so‘zladi va qator masalalarga to‘xtalib o‘tdi.
Asosiy bayonotlar:
Bugun biz BMTning Falantin davlatini tuzish to‘g‘risidagi qarorini esdan chiqarish uchun davlat to‘ntarishini amalga oshirishga urinishlar bo‘layotganini ko‘rib turibmiz.
Rossiya BMT Xavfsizlik Kengashida G‘arbning Eronga qarshi sanksiyalarni tiklashga urinishlarini nomaqbul va noqonuniy deb hisoblaydi.
Rossiya Ukraina mojarosining dastlabki sabablarini bartaraf etishga qaratilgan muzokaralarga ochiq bo‘lib qolmoqda.
Rossiya xavfsizligi va uning muhim manfaatlari mustahkam kafolatlangan bo‘lishi shart.
Ukraina nazoratidagi hududlarda ruslar va rusiyzabonlar huquqlari tiklanishi shart.
Rossiya manfaatlarini ta’milash va Ukraina nazoratidagi hududlarda ruslarning huquqlarini tiklash – Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha muzokaralar uchun asos.
Rossiya NATO mamlakatlariga hujum qilishni rejalashtirmagan, biroq har qanday tajovuz keskin javob oladi.
Moskva Ukraina mojarosini hal qilish bo‘yicha muayan umidlarni bu masala bo‘yicha Rosssiya va AQSh muloqoti davomiga bog‘laydi.
Putinning Strategik hujumkor qurollar to‘g‘risidagi shartnomabo‘yicha cheklovlarni saqlash to‘g‘risidagi taklifi strategik qurollanish poygasiga yo‘l qo‘ymaslik uchun shart-sharoit yaratadi.
Rossiya BMT Xavfsizlik Kengashini isloh qilish tarafdori, biroq bunda hech kimga qarshi inqilobni targ‘ib qilmaydi.
