Lavrov va Rubio Ukrainadagi mojaroni tartibga solishni muhokama qildi
11:07 25.09.2025 (yangilandi: 11:41 25.09.2025)

© Sputnik / Sergey Guneyev
/ Obuna bo‘lish
Lavrov BMT Bosh Assambleyasi sessiyasi doirasida AQSh davlat kotibi bilan uchrashdi.
TOShKENT, 25 sen – Sputnik. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Nyu-Yorkda AQSh davlat kotibi Marko Rubio bilan Ukraina mojarosini hal qilishni muhokama qildi.
Asosiy ma’lumotlar:
Ikki davlat tashqi siyosiy idoralari rahbarlari mojaroni hal qilishdagi ikki tomonlama manfaatdorlikni tasdiqlashdi;
Lavrov Moskva Alyaskada Putin va Tramp ishlab chiqqan takliflarga sodiq qolishiga tayyorligiga e’tibor qaratgan;
Rossiya vaziri Kiyev va ayrim Yevropa mamlakatlari ilgari surayotgan sxemalar qabul qilib bo‘lmaydigan ekanini ta’kidladi;
Diplomatlar ikki tomonlama munosabatlarning majmui yuzasidan “soatlarini solishtirib olishdi”;
Ular diplomatik muassasalar ishini qayta tiklash muhimligini qayd etishdi;
Tomonlar tashqi siyosiy idoralar bo‘yicha konstruktiv muloqotni davom ettirishga kelishib olishdi;
Rubio AQSh prezidenti Donald Trampning Ukrainadagi mojaroni bas qilish chaqirig‘ini takrorladi;
Davlat kotibi Rossiyadan uzoq muddatli tinchlikka erishish uchun choralar ko‘rishni so‘radi.
Lavrov va Rubio muzokaralari BMT Bosh Assambleyasi sessiyasining oliy darajali haftaligi doirasida bo‘lib o‘tdi. Ular bir soat davom etdi.

