https://oz.sputniknews.uz/20250928/durov-frantsiya-moldova-52324962.html
Durov: Fransiya Moldovaga Telegram-kanallarni senzura qilishda yordam berishni so‘radi
Durov: Fransiya Moldovaga Telegram-kanallarni senzura qilishda yordam berishni so‘radi
Sputnik O‘zbekiston
Pavel Durov Moldovadagi saylovlar sababli Fransiya maxsus xizmatlarining bosimiga uchragani haqida ma’lum qildi
2025-09-28T17:50+0500
2025-09-28T17:50+0500
2025-09-28T17:52+0500
dunyoda
moldova
fransiya
pavel durov
telegram
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/08/06/14714868_0:5:2864:1616_1920x0_80_0_0_3bfb99022ab53e248ee29e27faef6c68.jpg
TOShKENT, 28 sen – Sputnik. Telegram ijtimoiy tarmog‘i asoschisi Pavel Durov bir yil oldin Fransiya maxsus xizmatlari vositachi orqali undan Moldova hukumatiga ushbu mamlakatda prezidentlik saylovlari oldidan messenjerdagi ayrim kanallarni senzura qilishda ko‘maklashishni so‘raganini ma’lum qildi.Shuningdek, xabarda Telegram Fransiya va Moldova rasmiy idoralari tomonidan ko‘rsatilgan kanallarni tekshirgandan so‘ng, ularning bir nechtasi haqiqatan ham platformaning ichki qoidalarini buzgani aniqlangan va o‘chirib tashlangani aytiladi.Durov bunday taklifni mutlaqo nomaqbul deb hisoblaganini ta’kidlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar razvedka haqiqatan ham sudyaga ta’sir o‘tkazishga uringan bo‘lsa, buni sud jarayoniga aralashish deb baholash mumkin.Uning qo‘shimcha qilishicha, Telegram jamoasi Moldova "muammoli" kanallarining ikkinchi ro‘yxatini olgan. Biroq, birinchisidan farqli o‘laroq, galdagi ro‘yxatdan o‘rin olganlar qonunga xilof ish qilgan. Har ikki ro‘yxatdagilarni faqat Fransiya va Moldova hukumatiga yoqmaydigan siyosiy qarashlarni ifoda etishi birlashtirib turgan.Shunga qaramay, platforma asoschisi fransuz razvedkasi so‘rovini bajarmagan va so‘z erkinligi tamoyillariga sodiq ekanligini ma’lum qildi.Eslatib o‘tamiz, avvalroq Moldovada parlament saylovlari boshlangani haqida xabar bergan edik.
https://oz.sputniknews.uz/20250927/ertaga-moldovada-eng-nopok-parlament-saylovlari-bolib-otadi-52307541.html
moldova
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/08/06/14714868_135:0:2864:2047_1920x0_80_0_0_d43e37b489a47e0b188cd5979b88a5b1.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
pavel durov nega fransiyada qamaldi?
pavel durov nega fransiyada qamaldi?
Durov: Fransiya Moldovaga Telegram-kanallarni senzura qilishda yordam berishni so‘radi
17:50 28.09.2025 (yangilandi: 17:52 28.09.2025) Telegramga bo‘lgan har qanday bosim o‘tkazish urinishini oshkor qilishda davom etaman – Durov.
TOShKENT, 28 sen – Sputnik. Telegram ijtimoiy tarmog‘i asoschisi Pavel Durov bir yil oldin Fransiya maxsus xizmatlari vositachi orqali undan Moldova hukumatiga ushbu mamlakatda prezidentlik saylovlari oldidan messenjerdagi ayrim kanallarni senzura qilishda ko‘maklashishni so‘raganini
ma’lum qildi.
Shuningdek, xabarda Telegram Fransiya va Moldova rasmiy idoralari tomonidan ko‘rsatilgan kanallarni tekshirgandan so‘ng, ularning bir nechtasi haqiqatan ham platformaning ichki qoidalarini buzgani aniqlangan va o‘chirib tashlangani aytiladi.
"Keyin vositachi menga ushbu hamkorlik evaziga fransuz razvedkasi go‘yoki o‘tgan yilning avgust oyida meni qamoqqa olish uchun order bergan sudyaga men haqimda “ijobiy fikr bildirishi”ni aytdi”, – deb ma’lum qildi u.
Durov bunday taklifni mutlaqo nomaqbul deb hisoblaganini ta’kidlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar razvedka haqiqatan ham sudyaga ta’sir o‘tkazishga uringan bo‘lsa, buni sud jarayoniga aralashish deb baholash mumkin.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Telegram jamoasi Moldova "muammoli" kanallarining ikkinchi ro‘yxatini olgan. Biroq, birinchisidan farqli o‘laroq, galdagi ro‘yxatdan o‘rin olganlar qonunga xilof ish qilgan. Har ikki ro‘yxatdagilarni faqat Fransiya va Moldova hukumatiga yoqmaydigan siyosiy qarashlarni ifoda etishi birlashtirib turgan.
Shunga qaramay, platforma asoschisi fransuz razvedkasi so‘rovini bajarmagan va so‘z erkinligi tamoyillariga sodiq ekanligini ma’lum qildi.
"Biz kontentni siyosiy sabablarga ko‘ra o‘chirib tashlamaymiz. Platformamizni senzura qilish maqsadida Telegramga bo‘lgan har qanday bosim o‘tkazish urinishini oshkor qilishda davom etaman”, – dedi u.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Moldovada parlament saylovlari boshlangani
haqida xabar bergan edik.