Ertaga Moldovada eng nopok parlament saylovlari bo‘lib o‘tadi
20:44 27.09.2025 (yangilandi: 22:35 27.09.2025)

© Sputnik / Miroslav Rotar
/ Obuna bo‘lish
Moldova hukumati ushbu saylovlarda firibgarlikning barcha uslublaridan foydalanmoqda.
TOShKENT, 27 sen — Sputnik. Ertaga 28-sentabr kuni Moldovada eng nopok parlament saylovlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Rossiyaning Kishinyovdagi elchisi Oleg Ozerov ma’lum qildi.
"Men demokratiya namunalari hisoblangan Fransiya va Angliya kabi ko‘plab mamlakatlarda ishladim va yashadim. U yerda ham saylovdan oldin juda “iflos” hujumlar bo‘lardi, biroq Moldova saylov kampaniyasidagi yolg‘on, tuhmat va faktlarni buzib ko‘rsatish darajasi meni hayratda qoldirdi", - dedi u.
Saylovoldi voqealar
Moldova parlamenti saylovlari oldidan o‘tkazilgan umumxalq so‘rovlari prezident Mayya Sanduning hukumron partiyasi “PAS”ning reytingi keskin tushib ketganini ko‘rsatdi. Bir vaqtning o‘zida “Vatanparvarlar bloki” va boshqa muxolifat partiyalar reytingi tobora o‘sib borayotgan edi.
Hatto bir vaqtlar Moldova banklaridan $1 mld. o‘g‘irlab chet elga qochib ketgan sobiq deputat, oligarx va jinoyatchi Vladimir Plaxotnyukning, saylovlar oldidan Moldovaga "ekstraditsiya" qilinishi ham — hukumron partiyaning obro‘sini oshira olmadi.

Parlamentskie vibori v Moldove
© Sputnik
Shundan so‘ng hukumat muxolif tomondagi barcha ovozlar sonini cheklash choralarini ko‘rdi:
Iyun oyida Moldova Konstitutsiyasi va xalqaro huquqni buzgan holda, saylovlarga bir yildan kam vaqt qolganda siyosiy partiyalarni saylovdan chetlatishni imkonini beruvchi qonun qabul qilindi.
Avgust oyida Gagauziya o‘lkasi yetakchisi, muxolifatning eng faol vakillaridan biri Yevgeniya Gutsul o‘ylab topilga bahonalar bilan 7 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.
Saylovdan 2 kun oldin MSK “Moldova yuragi” muxolifat partiyasini saylovlardan chetlatdi.
Saylovdan 1 kun oldin muxolifatdagi Moldova Mare (Buyuk Moldova) partiyasi saylovlardan chetlashtirildi. Ushbu partiya parlamentda kamida 7ta o‘rinni qo‘lga kiritishi mumkin edi.
Dnestrbo‘yi o‘lkasi (amaldagi hukumatni xush ko‘rmaydi) aholisi uchun bu safar saylov uchastkalari soni 3 baravar qisqartirildi (atigi 12ta).
Saylovdan bir kun oldin esa Dnestr darosi ustidagi piyodalar ko‘prigi yopib qo‘yildi. Aholi odatda, ushbu ko‘prikdan o‘tib daroning narigi qirg‘ida joylashgan Rezina shaharchasiga borib ovoz berardi.
Juda ko‘p jurnalistlar va kuzatuvchilarga mamlakat hududiga kiritilmadi.
21 nafar xorijlik kuzatuvchilar, jumladan, Rossiya, Armaniston, Belarus va O‘zbekiston fuqarolarining mamlakatga kiritilmadi, deb xabar qildi Rossiya nashrlari.
Moldova nashrlari esa dunyoning 50 davlatidan 120 nafar kuzatuvchilarga kirishga ruxsat berilmaganini yozmoqda.
Bulletenlar soni va ularni tarqatish geografiyasi
Moldovada jami 2,4 million aholi yashaydi, saylovchilar ro‘yxatidan o‘tganlar soni esa 3,3 mln kishi (xorijdagilar bilan). Chop etilgan bulletenlar soni esa 3,6 mlndan ortiq.

Parlamentskie vibori v Moldove
© Sputnik
Buni Moldova hukumatining saylovlarni qalbakilashtirishga tayyorgarlik ko‘rishi deb baholash mumkin. Qalbakilashtirish asosan YeIdagi diasporalar ovozi hisobidan amalga oshiriladi, - deydi Moldovaning “G‘alaba” bloki rahbari Aleksey Petrovich.
Rossiyada 300 mingdan 500 minggacha Moldova fuqarolari yashaydi. Ular uchun atigi 2ta saylov uchastkasi ochilgan. U yerda 10 ming kishi ovoz berishi mumkin.
Lekin Italiya, Germaniya, Fransiya va Angliyada moldovanlar soni nisbatan kam bo‘lishiga qaramasdan ularning har birida 20 tadan 30 tagacha saylov uchastkalari ochilgan.
Yevropacha “demokratiya”
Yevropa Ittifoqi butun dunyodagi rivojlanayotgan davlatlarga demokratiya o‘rgatishga harakat qiladi. Lekin ularning Moldova saylovlarida qilayotgan ishlarini qanday baholash mumkin?
17 sentabr kuni Moldovaga YeI rahbarlaridan iborat 60 dan ortiq xorijiy delegatsiya keldi. Bular Germaniya, Fransiya va Polsha rahbarlari bo‘lib, ular prezident Sanduni qo‘llab-quvvatlashini bildirgan va Kishinyov uchun YeIning eshiklari ochiq ekanini e’lon qildi.
Lekin biroz oldinroq, Yevroparlamentning ruminiyalik deputati Zigfrid Mureshan faqat amaldagi (yevropaga xayrixoh) hukumat saqlanib qolsagina YeI Moldovaga moliyaviy yordamini davom ettirishini ma’lum qilgan edi. U shuningdek agar hukmron PAS saylovlarda yutqizsa, yordamni to‘xtatish bilan tahdid qilgan edi.
YeXHTning Inson huquqlari bo‘yicha burosi Moldova saylovlariga Rossiyadan birorta ham kuzatuvchiga ruxsat bermadi, garchi Rossiya tashkilotning to‘laqonli a’zosi bo‘lsada.
Shu munosabat bilan Rossiya Markaziy saylov komissiyasi rahbari Ella Pamfilova Putin bilan suhbatda ushbu tashkilotdan chiqishni taklif qildi. Prezident "o‘ylab ko‘rishni" va’da berdi.
Shu munosabat bilan Rossiya Markaziy saylov komissiyasi rahbari Ella Pamfilova Putin bilan suhbatda ushbu tashkilotdan chiqishni taklif qildi. Prezident "o‘ylab ko‘rishni" va’da berdi.