Mirzamahmudov: “Qambarota GES-1” loyihasini xalqaro standartlar asosida amalga oshiramiz
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaDjurabek Mirzamaxmudov

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston energetika vazirlari ishtirokida “Qambarota GES-1” loyihasi bo‘yicha ikkinchi davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 28-may — Sputnik. O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston energetika vazirlari “Qambarota GES-1” loyihasini jadallashtirish maqsadida aniq vazifalar va ularning bajarilish muddatlarini belgilab olishdi, deya xabar berdi O‘zbekiston Energetika vazirligi matbuot xizmati.
Dubayda O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston energetika vazirlari ishtirokida “Qambarota GES-1” loyihasi bo‘yicha ikkinchi davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda uch mamlakat Suv xo‘jaligi, Iqtisodiyot va moliya vazirliklari hamda tegishli energetika kompaniyalari delegatsiyalari ham ishtirok etdi.
© Ministerstvo energetiki Respubliki UzbekistanMinistri energetiki Uzbekistana, Kazaxstana i Kirgizskoy Respubliki proveli vtoroy ministerskiy krugliy stol po proyektu "Kambaratinskoy GES-1"

Ministri energetiki Uzbekistana, Kazaxstana i Kirgizskoy Respubliki proveli vtoroy ministerskiy krugliy stol po proyektu "Kambaratinskoy GES-1"
© Ministerstvo energetiki Respubliki Uzbekistan
Tomonlar “Qambarota GES-1” loyihasini jadallashtirish maqsadida aniq vazifalar va ularning bajarilish muddatlari belgilab olindi.
“Loyiha Markaziy Osiyoda energetika xavfsizligini mustahkamlash va suv resurslaridan oqilona foydalanishga qaratilgan muhim mintaqaviy tashabbusdir. Tadbir Jahon banki ko‘magida, bankning martabali mehmonlari ishtirokida tashkil etildi”, — deyiladi vazirlik xabarida.
Jahon bankining Markaziy Osiyo bo‘yicha direktori Tatyana Proskurakovaning so‘zlariga ko‘ra, bank Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida mintaqaning energetika va suv xavfsizligini ta’minlash masalalarida misli ko‘rilmagan darajadagi hamkorlikni olqishlaydi.
“Boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda biz Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston hukumatlarining butun mintaqa va uning aholisi uchun katta iqtisodiy va ijtimoiy foyda keltiradigan "Qambarota GES-1" loyihasini amalga oshirish bo‘yicha sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashdan mamnunmiz", — dedi Jahon bankining Markaziy Osiyo bo‘yicha direktori Tatyana Proskurakova.
Vazirlar mintaqaviy energetika xavfsizligini mustahkamlash va Markaziy Osiyoda hamkorlikni rivojlantirish uchun katalizator sifatida ko‘rilayotgan loyihani amalga oshirishda o‘z davlatlarining siyosiy majburiyatlarini tasdiqlashdi.
Tomonlar 2025-yil yanvar oyida Toshkentda bo‘lib o‘tgan birinchi vazirlar davra suhbatidan beri erishilgan yutuqlarni muhokama qilishdi. Loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari, ekologik va ijtimoiy jihatlariga alohida e’tibor qaratildi.
Ishtirokchilar loyiha qiymatining yangilangan smeta hisob-kitoblari, energiya tarmoqlarini modernizatsiya qilish ehtiyojlari, moliyalashtirish manbalari, jumladan, xalqaro moliya institutlari va tashkilotlari ko‘magi, shuningdek, suv-energetika sohasidagi hamkorlikning asosiy tamoyillarini ko‘rib chiqishdi.
"Biz mintaqaviy hamkorlarimiz bilan birgalikda Toshkentda bo‘lib o‘tgan birinchi vazirlar davrasidan buyon erishilgan sezilarli yutuqlarni mamnuniyat bilan qayd etamiz. Ishonchim komilki, mamlakatlarimizning o‘zaro kelishilgan sa’y-harakatlari va xalqaro moliya institutlarining qo‘llab-quvvatlashi tufayli biz ushbu loyihani xalqaro texnik, ekologik va ijtimoiy standartlarga to‘liq mos ravishda amalga oshira olamiz", — dedi O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov.
Uchrashuv yakunida tomonlar loyihani tayyorlash uchun zarur bo‘lgan keyingi chora-tadbirlar va muddatlar to‘g‘risida kelishib olishdi. Shuningdek, loyihani amalga oshirishni jadallashtirish uchun mintaqaviy hamkorlikni davom ettirish va vazirlar uchrashuvlarini muntazam o‘tkazish niyati tasdiqlandi.