Jizzaxda katta va kichik AESlar quriladi - Xodjayev

© Getty Images / Anton PetrusAES
AES - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.09.2025
Obuna bo‘lish
"Rosatom" bilan qo‘shma loyiha - mamlakat tarixidagi ilk AES bo‘lib, o‘ziga xos ahamiyatga ega. Bir maydonda ikkita yirik quvvatli (1000 MVt) reaktor va ikkita kichik (55 MVt) reaktor quriladi.
TOShKENT, 26 sen – Sputnik. Jizzax viloyatida quvvati 2 GVt bo‘lgan katta atom elektr stansiyasi va 110 MVt bo‘lgan kichik atom elektr stansiyasi qurilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Moskva shahrida o‘tayotgan “Jahon atom haftaligi” (GAW) xalqaro forumi doirasida O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xodjayev ma’lum qildi.
Rossiya “Rosatom” davlat korporatsiyasi tomonidan tashkil etilgan mazkur forum jahonning 100 tadan ortiq mamlakatidan kelgan vakillarni birlashtirib, global atom sanoati istiqbollarini muhokama qilishga qaratilgan.
© Sputnik / POOL / Mediabankka o‘tishMejdunarodniy forum "Mirovaya atomnaya nedelya"
Mejdunarodniy forum Mirovaya atomnaya  nedelya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.09.2025
Mejdunarodniy forum "Mirovaya atomnaya nedelya"
Jamshid Xodjayevning ta’kidlashicha, O‘zbekiston energetika sohasida tub burilish bosqichiga qadam qo‘ymoqda – respublika o‘z atom generatsiyasini yo‘lga qo‘yadi. Bu tashabbus prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan va milliy energetika xavfsizligini mustahkamlashga qaratilgan.

“Bugungi kunda biz uranni faqat xomashyo sifatida emas, balki yakuniy mahsulot – elektr energiyasi shaklida ham ishlatishni maqsad qilganmiz. Bu O‘zbekistonning atom sanoatidagi yangi bosqichidir”, – dedi Xodjayev.

Ma’lumotlarga ko‘ra, atom stansiyasi ishga tushgach, yiliga 15 milliard kilovatt-soatdan ortiq elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Bu O‘zbekistonning 2030-yilgacha toza energiya ulushini 40 foizdan oshirish maqsadiga xizmat qiladi. Shu bilan birga, mamlakat 12 GVt dan ortiq quyosh va shamol elektr stansiyalarini ham barpo etishni rejalashtirmoqda.
"Bizning "Rosatom" bilan hamkorlikdagi loyihamiz mamlakat tarixidagi ilk AES bo‘lib, o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Jizzax viloyatidagi yagona maydonchada har biri 1000 MVt quvvatga ega bo‘lgan ikkita yirik reaktor va har biri 55 MVt quvvatli ikkita kichik reaktor quriladi. Bunday kombinatsiyalashgan yondashuv bir vaqtning o‘zida 2,1 GVt asosiy quvvat ishlab chiqarish va moslashuvchan manyovr imkoniyatlarini ta’minlaydi", — dedi bosh vazir o‘rinbosari.
Shuningdek, yirik bloklar – barqaror asosiy generatsiya, kichik reaktorlar esa pik yuklamalarni qoplash va quyosh hamda shamol kabi o‘zgaruvchan manbalarni muvofiqlashtirish uchun kerak bo‘ladi, deya izoh berdi u.
Jamshid Xodjayev O‘zbekistonning atom energetikasidagi yangi yo‘nalishi nafaqat infratuzilmaviy loyiha, balki strategik rivojlanish konsepsiyasi ekanini ta’kidladi. Mamlakat hozirda dunyodagi top-10 uran ishlab chiqaruvchilardan biri bo‘lib, yiliga 3,5 ming tonnadan ortiq uran qazib oladi.
“Biz bu yo‘lda xalqaro hamkorlik va yuqori texnologiyalarni birlashtiramiz. Rossiya bilan imzolangan kelishuvlar, xususan, AES qurilishi bo‘yicha asosiy shartlar haqidagi hujjat, bu borada muhim qadam bo‘ldi”, – dedi Xodjayev.
Mazkur hujjat iyun oyida Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi doirasida imzolangan bo‘lib, unda “Rosatom” rahbari Aleksey Lixachov O‘zbekistonda “turli quvvatdagi bloklar bir maydonda barpo etiladigan noyob loyiha” amalga oshirilishini e’lon qilgan edi.
Mavzuga oid xabarlar:
O‘zbekiston AES uchun yoqilg‘ini qachon oladi
Rossiya va O‘zbekiston AES qurilishining asosiy shartlari haqida kelishib oldi
O‘zbekistondagi kichik quvvatli AES uchun reaktor uskunalari ishlab chiqarish boshlandi
Jizzax viloyatida kichik quvvatli AESni joylashtirish sxemasi tasdiqlandi
Kam quvvatli AES qurish loyihasi qanday amalga oshirilmoqda
AESning qurilishi O‘zbekistonda yangi turdagi iqtisodiyotni rivojlantirishga yordam beradi
Atomnaya elektrostansiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.07.2025
Rossiya AES qurilishi kontekstida rad etib bo‘lmaydigan shartlarni taklif qilmoqda — Rahmatov
Yangiliklar lentasi
0