Saidov Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash yig‘ilishida ishtirok etdi

© Baxtiyor Saidov/TelegramBaxtiyor Saidov prinyal uchastie v neformalnoy vstreche ministrov inostrannix del SVMDA
Baxtiyor Saidov prinyal uchastie v neformalnoy vstreche ministrov inostrannix del SVMDA - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.09.2025
Obuna bo‘lish
25 sentabr tashqi ishlar vaziri OHIChK norasmiy yig‘ilishida ishtirok etdi. Uning ta’kidlashicha, muloqot mintaqaviy va global masalalar yuzasidan fikr almashish uchun muhim platforma bo‘ldi.
TOShKENT, 25 sen — Sputnik. 25 sentabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash (OHIChK) tashqi ishlar vazirlari norasmiy yig‘ilishida ishtirok etdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

"Muloqot jarayoni mintaqaviy va global masalalar, shuningdek, Osiyo bo‘ylab ishonchni mustahkamlash choralarini yanada kuchaytirish yuzasidan hamkasblar bilan fikr almashish uchun muhim imkoniyat bo‘ldi", - deb yozdi Saidov o‘zining Telegram-kanalida.

O‘zbekiston OHIChK maqsad va tamoyillariga sodiq qoladi hamda umumiy makonda muloqot, ishonch va hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan sa’y-harakatlarni izchil qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.
Ma’lumot uchun: Kengash Osiyoda tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha xalqaro forum hisoblanadi.
Saidov prinyal uchastie v ministerskoy vstreche po voprosu napadeniya Izrailya na Katar - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.09.2025
Saidov Isroilning Qatarga hujumi mavzusidagi vazirlar yig‘ilishida ishtirok etdi
Yangiliklar lentasi
0