https://oz.sputniknews.uz/20250915/saidov-israel-qatar-hujum-vazir-yigilish-51965283.html
Saidov Isroilning Qatarga hujumi mavzusidagi vazirlar yig‘ilishida ishtirok etdi
Saidov Isroilning Qatarga hujumi mavzusidagi vazirlar yig‘ilishida ishtirok etdi
Sputnik O‘zbekiston
IHT va Arab davlatlari ligasi qo‘shma yig‘ilishi: O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri faol ishtirok etdi
2025-09-15T10:16+0500
2025-09-15T10:16+0500
2025-09-15T10:16+0500
baxtiyor saidov
o‘zbekiston
siyosat
qatar
isroil
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/0f/51964935_0:94:1280:814_1920x0_80_0_0_4a16a63e5e0f54d47c01f1be72aa3c82.jpg
TOShKENT, 15 sen — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) va Arab davlatlari ligasi qo‘shma favqulodda sammitiga tayyorgarlik bo‘yicha tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishida ishtirok etdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.Aytilishicha, kun tartibi mintaqaviy va global darajadagi dolzarb muammolar, tinchlikka tahdid soluvchi yangi xatarlar hamda muzokara va muloqotning ustuvor ahamiyati masalalariga qaratilgan.Shuningdek, Qatarning mintaqada tinchlik va farovonlikni diplomatiya yo‘li bilan mustahkamlash borasidagi sobitqadam va fidokorona sa’y-harakatlari yuksak qadrlangani ta’kidlandi. O‘zbekiston doimo barcha nizolarni faqat muloqot orqali hal etish tarafdori bo‘lib kelgan va bu tamoyilga sodiq qolishi qayd etildi.Eslatib o‘tamiz, 9-sentabr kuni Dohada Isroil harbiy-havo kuchlari tomonidan berilgan havo hujumi natijasida kuchli portlashlar sodir bo‘ldi. Aviazarba nishoni Falastinning HAMAS harakati shtab-kvartirasi bo‘lgan. Zarba berish uchun Isroilning og‘ir bombalardan foydalangan 15 ta qiruvchi samolyoti, shuningdek, qo‘llab-quvvatlash uchun dronlar jalb qilingan. Dunyo mamlakatlari, jumladan, O‘zbekiston Isroilning Qatarga bu hujumini keskin qoraladi.
https://oz.sputniknews.uz/20250910/uzbekistan-israil-doha-hujum-51865436.html
o‘zbekiston
qatar
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/0f/51964935_35:0:1246:908_1920x0_80_0_0_58ee7307a2e3b206b7b47f2bfaa73cd9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
baxtiyor saidov uchrashuv, tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishi, islom hamkorlik tashkiloti va arab davlatlari ligasi sammiti, saidov sammitga tayyorgarlik, o‘zbekiston tashqi ishlar vaziri uchrashuvi, mintaqaviy xavfsizlik yig‘ilishi, saidov iht yig‘ilishida, saidov muloqot va tinchlik haqida, saidov qatar uchrashuvi, saidov arab davlatlari ligasi
baxtiyor saidov uchrashuv, tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishi, islom hamkorlik tashkiloti va arab davlatlari ligasi sammiti, saidov sammitga tayyorgarlik, o‘zbekiston tashqi ishlar vaziri uchrashuvi, mintaqaviy xavfsizlik yig‘ilishi, saidov iht yig‘ilishida, saidov muloqot va tinchlik haqida, saidov qatar uchrashuvi, saidov arab davlatlari ligasi
Saidov Isroilning Qatarga hujumi mavzusidagi vazirlar yig‘ilishida ishtirok etdi
Uchrashuvda Isroilning Qatarga hujumi va mintaqaviy xatarlar muhokama qilindi. O‘zbekiston nizolarni muloqot orqali hal etish tarafdori ekanligi yana bir bor ta’kidlandi.
TOShKENT, 15 sen — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) va Arab davlatlari ligasi qo‘shma favqulodda sammitiga tayyorgarlik bo‘yicha tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishida ishtirok etdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati
xabar berdi.
"Bugun hamkasblarim bilan birgalikda Isroilning yaqinda Qatar davlatiga uyushtirgan hujumini muhokama qilishga bag‘ishlangan Islom hamkorlik tashkiloti va Arab davlatlari ligasi qo‘shma favqulodda sammitiga tayyorgarlik bo‘yicha tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishida ishtirok etdik", —
deb yozdi Saidov o‘z Telegram-kanalida.
Aytilishicha, kun tartibi mintaqaviy va global darajadagi dolzarb muammolar, tinchlikka tahdid soluvchi yangi xatarlar hamda muzokara va muloqotning ustuvor ahamiyati masalalariga qaratilgan.
Shuningdek, Qatarning mintaqada tinchlik va farovonlikni diplomatiya yo‘li bilan mustahkamlash borasidagi sobitqadam va fidokorona sa’y-harakatlari yuksak qadrlangani ta’kidlandi. O‘zbekiston doimo barcha nizolarni faqat muloqot orqali hal etish tarafdori bo‘lib kelgan va bu tamoyilga sodiq qolishi qayd etildi.
Eslatib o‘tamiz, 9-sentabr kuni Dohada Isroil harbiy-havo kuchlari tomonidan berilgan havo hujumi natijasida kuchli portlashlar sodir bo‘ldi. Aviazarba nishoni Falastinning HAMAS harakati shtab-kvartirasi bo‘lgan. Zarba berish uchun Isroilning og‘ir bombalardan foydalangan 15 ta qiruvchi samolyoti, shuningdek, qo‘llab-quvvatlash uchun dronlar jalb qilingan. Dunyo mamlakatlari, jumladan, O‘zbekiston Isroilning Qatarga bu hujumini keskin qoraladi.