https://oz.sputniknews.uz/20250926/atom-energetikasi-52281818.html
Atom energetikasi boshqa iqtisodiy yo‘nalishlar uchun ham muhim drayverga aylanadi - O‘zatom
Atom energetikasi boshqa iqtisodiy yo‘nalishlar uchun ham muhim drayverga aylanadi - O‘zatom
Sputnik O‘zbekiston
Moskvada davom etayotgan “Jahon atom haftaligi” doirasidagi plenar yig‘ilishda “O‘zatom” agentligi direktori Azim Axmedxadjayev ishtirok etdi.
2025-09-26T17:08+0500
2025-09-26T17:08+0500
2025-09-26T17:08+0500
iqtisod
jamiyat
o‘zbekiston
rossiya
atom energetikasi
o‘zbekistonda atom elektrostansiyasi qurilishi
atom energetikasini rivojlantirish agentligi
aes
rosatom
hamkorlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/1a/52283135_0:0:3072:1728_1920x0_80_0_0_2ab9b11bc810f2893c84bd8bf3792048.jpg
TOShKENT, 26 sen – Sputnik. Moskvada davom etayotgan “Jahon atom haftaligi” doirasidagi yalpi yig‘ilishda “O‘zatom” agentligi direktori Azim Axmedxadjayev ishtirok etdi.Davra suhbati davomida spikerlar O‘zbekistonning atom energetikasi yo‘nalishida qilayotgan izchil va jadal qadamlarini e’tirof etib, so‘nggi soatlar ichida erishilgan muhim natijalarga alohida to‘xtalishdi. Yig‘ilishda agentlik rahbariga savollar yo‘llandi.U O‘zbekistonning atom sohasidagi salohiyati va uni takomillashtirish bosqichlarini yoritarkan, atom energetikasi nafaqat energiya ta’minoti uchun, balki boshqa iqtisodiy yo‘nalishlar uchun ham muhim drayverga aylanganini alohida ta’kidladi:Azim Axmedxadjayevning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda yadro texnologiyalari endi zerikarli yoki faqat tor doiradagi mutaxassislar uchun tushunarli bo‘lgan murakkab jarayon emas. Aksincha, bu soha qiziqarli, muhim va dolzarb yo‘nalish sifatida baholanmoqda.Atom sohasining istiqboli haqida so‘z yuritar ekan, u ta’lim masalasiga ham alohida to‘xtaldi:
https://oz.sputniknews.uz/20250926/ozbekiston-atomchilar-shaharchasi-52275541.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/1a/52283135_212:0:2943:2048_1920x0_80_0_0_7f0aeed8cb79746e2904c563a97ce604.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
moskvada jahon atom haftaligi yig‘ilish o‘zatom direktor azim axmedxadjayev ishtirok
moskvada jahon atom haftaligi yig‘ilish o‘zatom direktor azim axmedxadjayev ishtirok
Atom energetikasi boshqa iqtisodiy yo‘nalishlar uchun ham muhim drayverga aylanadi - O‘zatom
Bugungi kunda yadro texnologiyalari endi zerikarli yoki faqat tor doiradagi mutaxassislar uchun tushunarli bo‘lgan murakkab jarayon emas. Aksincha, bu soha qiziqarli, muhim va dolzarb yo‘nalish sifatida baholanmoqda.
TOShKENT, 26 sen – Sputnik. Moskvada davom etayotgan “Jahon atom haftaligi” doirasidagi yalpi yig‘ilishda “O‘zatom” agentligi direktori Azim Axmedxadjayev
ishtirok etdi.
Davra suhbati davomida spikerlar O‘zbekistonning atom energetikasi yo‘nalishida qilayotgan izchil va jadal qadamlarini e’tirof etib, so‘nggi soatlar ichida erishilgan muhim natijalarga alohida to‘xtalishdi. Yig‘ilishda agentlik rahbariga savollar yo‘llandi.
“2016 yilda Shavkat Miromonovich endigina prezident etib saylanganida, uning oldida tarqoq iqtisodiy tizimni isloh qilishdek ulkan va murakkab vazifa turgan edi. Bu yo‘ldagi ilk qadamlardan biri sifatida ular O‘zbekistonda ilm-fan sohasini tiklashdan boshladi. Jumladan, Yadroviy fizika instituti qayta tiklandi va Rosatom bilan hamkorlikda unutilgan reaktorlar jonlantirildi”, — dedi Axmedxadjayev.
U O‘zbekistonning atom sohasidagi salohiyati va uni takomillashtirish bosqichlarini yoritarkan, atom energetikasi nafaqat energiya ta’minoti uchun, balki boshqa iqtisodiy yo‘nalishlar uchun ham muhim drayverga aylanganini alohida ta’kidladi:
“Agentligimiz tashkil etilganida prezidentimiz bizga nafaqat atom energetikasi bilan bog‘liq texnologiyalarni, balki boshqa ishlab chiqarish institutlariga ham ilg‘or tajribalarni joriy etish vazifasini qo‘ygan edi. Shundan kelib chiqib, yadro texnologiyalarini tibbiyot va qishloq xo‘jaligida qo‘llash bo‘yicha ham dastlabki sinovlar yo‘lga qo‘yildi”, — deya qo‘shimcha qildi "O‘zatom" direktori.
Azim Axmedxadjayevning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda yadro texnologiyalari endi zerikarli yoki faqat tor doiradagi mutaxassislar uchun tushunarli bo‘lgan murakkab jarayon emas. Aksincha, bu soha qiziqarli, muhim va dolzarb yo‘nalish sifatida baholanmoqda.
Atom sohasining istiqboli haqida so‘z yuritar ekan, u ta’lim masalasiga ham alohida to‘xtaldi:
“Tatyana Anatolyevna Terentyeva bilan o‘tkazgan suhbatimizda aynan shu mavzuni muhokama qildik. AT yo‘nalishining zamonaviy jozibadorligi kundan kunga ortib borayotganiga qaramay, bugun yoshlar aynan yadro fizikasi va atom texnologiyalariga katta qiziqish bildirishmoqda. Ulardan ko‘pchiligi MIFIning Toshkentdagi filialida o‘qish niyatida”, — dedi u.