https://oz.sputniknews.uz/20250926/ozbekiston-atomchilar-shaharchasi-52275541.html
O‘zbekistonda atomchilar shaharchasi barpo etiladi
O‘zbekistonda atomchilar shaharchasi barpo etiladi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston kichik quvvatli atom elektr stansiyasini qurish doirasida atomchilar shaharchasini barpo etadi
2025-09-26T15:03+0500
2025-09-26T15:03+0500
2025-09-26T15:03+0500
iqtisod
jamiyat
o‘zbekiston
rossiya
o‘zbekistonda atom elektrostansiyasi qurilishi
atom energetikasi
rosatom
aes
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/1a/52275188_0:133:1280:853_1920x0_80_0_0_490d14f8d1d889e5bc015ea6074c19b7.jpg
TOShKENT, 26 sen – Sputnik. O‘zbekiston kichik quvvatli atom elektr stansiyasini (AES) qurish doirasida atomchilar shaharchasini barpo etadi. Bu haqda "O‘zatom" direktori Azim Axmedxadjayev Moskvada bo‘lib o‘tayotgan xalqaro “Jahon atom haftaligi”da ma’lum qildi.Uning ta’kidlashicha, loyiha bosqichlarida 14 ming nafargacha mutaxassis jalb qilinadi, shundan ming nafarga yaqin yuqori malakali kadrlar kichik quvvatli AESning doimiy ishlashiga mas’ul bo‘ladi. Shuning uchun bu miqdordagi inson kapitali uchun qulay yashash va ishlash sharoitlarini yaratish zarurati maxsus infratuzilmaviy markaz – atomchilar shaharchasini qurishni taqozo qiladi, deydi u.Kichik modulli reaktorlar (RITM-200N) asosidagi stansiya Jizzax viloyatida quriladi. Loyiha doirasida jami 330 MVt quvvatga ega 6 reaktor o‘rnatilishi rejalashtirilgani aytilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, qurilish bo‘yicha eksport shartnomasi 2024-yil may oyida imzolangan, bu – O‘zbekiston tarixida dastlabki, xalqaro miqyosda esa noyob kelishuv sanaladi. "Rosatom" bosh pudratchi sifatida ishtirok etadi va mahalliy qurilish kompaniyalari ham jarayonga jalb qilinadi.Shuningdek, u O‘zbekistonning yadroviy xavfsizlik borasida xalqaro mas’uliyatni to‘liq o‘z zimmasiga olayotganini qayd etdi. Mamlakat barcha asosiy xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilgan va atom energiyasidan foydalanishda xavfsizlik, ochiqlik va hamkorlik tamoyillariga tayangan holda faoliyat yuritishini ma’lum qildi.
https://oz.sputniknews.uz/20250926/ozbekiston-aes-loyihasi-rossiya-52263576.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/1a/52275188_209:111:1198:853_1920x0_80_0_0_ed5e3904af1e930e7a5824c5e63b2fdc.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston atom shahar aes rosatom
o‘zbekiston atom shahar aes rosatom
O‘zbekistonda atomchilar shaharchasi barpo etiladi
“Atomchilar” shahri keyingi 5-yil ichida qurib bitkaziladi va nafaqat energetik, balki strategik ahamiyatga ham ega.
TOShKENT, 26 sen – Sputnik. O‘zbekiston kichik quvvatli atom elektr stansiyasini (AES) qurish doirasida atomchilar shaharchasini barpo etadi. Bu haqda "O‘zatom" direktori Azim Axmedxadjayev Moskvada bo‘lib o‘tayotgan xalqaro “Jahon atom haftaligi”da
ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, loyiha bosqichlarida 14 ming nafargacha mutaxassis jalb qilinadi, shundan ming nafarga yaqin yuqori malakali kadrlar kichik quvvatli AESning doimiy ishlashiga mas’ul bo‘ladi. Shuning uchun bu miqdordagi inson kapitali uchun qulay yashash va ishlash sharoitlarini yaratish zarurati maxsus infratuzilmaviy markaz – atomchilar shaharchasini qurishni taqozo qiladi, deydi u.
“Bu shahar dastlabki 5-yil ichida, keyingi 80-yil davomida esa minglab insonlarning turmush manfaatlari markaziga aylanadi”, – dedi Axmedxadjayev.
Kichik modulli reaktorlar (RITM-200N) asosidagi stansiya Jizzax viloyatida quriladi. Loyiha doirasida jami 330 MVt quvvatga ega 6 reaktor o‘rnatilishi rejalashtirilgani aytilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, qurilish bo‘yicha eksport shartnomasi 2024-yil may oyida imzolangan, bu – O‘zbekiston tarixida dastlabki, xalqaro miqyosda esa noyob kelishuv sanaladi. "Rosatom" bosh pudratchi sifatida ishtirok etadi va mahalliy qurilish kompaniyalari ham jarayonga jalb qilinadi.
“AESning ishga tushirilishi nafaqat energetik balansni diversifikatsiya qiladi, balki mamlakatimizning energetik xavfsizligini mustahkamlash imkonini beradi”, – deya ta’kidladi "O‘zatom" direktori.
Shuningdek, u O‘zbekistonning yadroviy xavfsizlik borasida xalqaro mas’uliyatni to‘liq o‘z zimmasiga olayotganini qayd etdi. Mamlakat barcha asosiy xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilgan va atom energiyasidan foydalanishda xavfsizlik, ochiqlik va hamkorlik tamoyillariga tayangan holda faoliyat yuritishini ma’lum qildi.